October 20, 2022

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Angren shahri va Bo‘ka tumanidagi ko‘p qavatli uylar bo‘yicha ijtimoiy (telegramm kanal) tarmoqlarda yo‘llangan ikkita murojaat ijobiy hal etilganligi bo‘yicha RASMIY BAYONOT

Bosh sahifa | Русский язык

Ангрен - Закон и Равноправие.UZ telegramm kanalida quyidagi mazmunda – Обращение в Теплосеть Уважаемые сотрудники этой организации когда Вы соизволите произвести ИЗОЛЯЦИЮ тепловой трассы 2года ждём везде эту работу сделали а у нас Ангрен дома Хорезмская 25 Тахририят3 и Хорезмская 21 трубы голые.
Кстати во многих районах города и все тротуары раздолбала данная организация но почти как год тротуары не сделали!
П/с: Низомиддин ака ваъдага вафо мардни иши, қачон тротуарларни қайта тиклаб жойига қўясиз? Харакат борми ўзи? – deb, 7- va 16 oktabrda murojaat ko‘rinishda eʼlon berilgan (murojaat tahrirsiz eʼlon qilinmoqda).

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i tomonidan yuqorida qayd etilgan muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish va kelgusida bunday holatlar qayta takrorlanmasligi va ularning oldini olish maqsadida tegishli masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Natijasi yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish vazifasi topshirildi.

Angren shahar “Ozodlik” MFY Xorazm ko‘chasi 25-sonli ko‘p qavatli uyda Angren “Issiqlik energiyasi” DUKga qarashli Markaziy issiqlik tizimi quvurlarini Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ICHB DUK tomonidan tezkor tadbiri natijasida folgoizol qoplamasi va minvata хomashyolari bilan 50 metr quvur izolyatsiya qilindi.

Shuningdek, Davlat unitar korxonasining ish-rejasiga muvofiq, Markaziy issiqlik tizimi quvurlarining qolgan qismini qish mavsumi davomida xomashyo qoplamasi bilan o‘rash ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga Fuqaro Nargiza Xalilovna Bo‘ka tumani “Madaniyat” MFY Nizomiy ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolar nomidan quyidagi mazmunda – Ассалому алайкум
Биз Тошкент вилояти Бука туманидан сизга мурожаат килмокдамиз.
Бука туманининг куп каватли уйларида яшаймиз . Бизга Бука хокимияти ширкат булимининг бошлиги Алижон ака ( 93 586 01 64) томонидан тулов когозлари таркатилмокда.туловда 2017— 2022 йилгача тулов берилган. Аммо бизнинг Маданият МФЙ Низами куп каватли уйларни 2021 йил ташки деворлар ва том кисми янг ланди. Холос .хозир хамма куп каватли уйда яшовчиларга 5 йиллик туловни нимага асосан тулатишмокчи бунга бирор
асос борми ? ким бизга бу масалани изохлаб беради ?
Бизга шу масалада амалий ердам беришингизни сураймиз.
Тошкент вилояти
Бука тумани Маданият МФЙ
Низамии куп каватли уйда яшовчи фукоралар номидан
Бозорова Хилола
Тел 99894 362 21 06
Худоерова Гулкиз
Кобилов Озод
Алимова Дилобар
Бир гурух фукаролар номидан – deb, murojaat yo‘llagan. (Fuqaroning murojaati tahrirsiz eʼlon qilinmoqda).
Фуқаро Наргиза Халиловна

Nizomiy ko‘chasi 1-sonli ko‘p qavatli uyga “Bo‘ka Madaniyat BSK” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan quyidagi ishlarni xizmat ko‘rsatgan:

– 2018-2019-yillarda beton yо‘laklari;

– 1 ta tashqi xojotxona;

– uyning fasad qismi;

– kirish yо‘laklari;

– temir eshiklari o‘rnatilgan.

– 2021-yilda suv oqova tizimi;

– tom qismi mukammal taʼmirlangan;

– issitish qozonlari o‘rnatilgan.

Nizomiy 1-sonli ko‘p qavatli uy 1980-yilda qurilgan bo‘lib, 20 ta xonadon, 2 qavatdan. Umumiy maydoni 720 metr kvadratdan iborat.

O‘zbekiston ko‘chasi 16/3-sonli ko‘p qavatli uyga “Bo‘ka Madaniyat BSK” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan quyidagi ishlarni xizmat ko‘rsatgan:

– 2018-yilda tom kismi;

– fasad qismi;

– kirish yo‘lagi;

– temir eshik o‘rnatilgan;

– 1 ta bolalar o‘yingohi qurildi.

Shuningdek, 2021–2022-yillarda 1 ta tashqi xojatxona, suv okova tizimi, beton yo‘lagi hamda issitish qozoni o‘rnatilgan.

O‘zbekiston ko‘chasi 16/3-sonli ko‘p qavatli uy 1967-yilda qurilgan bo‘lib, 18 ta xonadon, 2 qavatdan. Umumiy maydoni 540 metr kvadratdan iborat.

“Bo‘ka Madaniyat BSK” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p kvartirali uy mulkdorlarga 2019-yil 07-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘RQ–581 va Prezidentning 2017-yil 24-apreldagi PQ–2922 sonli qonun-qarorlari mazmun-mohiyati xonadon egalariga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, Yuqorida zikr kilingan ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlari Boshqaruv servis kompaniyasi bilan ikki tomonlama shartnoma tuzilgan.

VIDEOLAVHA

FOTOALBOM

Fasad qismi
Beton yo‘lagi
Suv oqovaga gribnoy yamalar (handaq)
Ko‘p kvartirali uy mulkdorlarga 2019 yil 07 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘RQ–581 va Prezidentning 2017 yil 24 apreldagi PQ–2922 sonli qonun-qarorlari mazmun-mohiyati xonadon egalariga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Hojatxonа
Tom qismi mukammal taʼmirlanmoqda.
Issitish qozoni

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati