October 28, 2022

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: “Issiqlik manbai” ICHB DUK tomonidan issiqlik taʼminoti obyektlari 2022–2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga keltirilmoqda (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ICHB DUK tasarrufidagi jami 52 ta markaziy qozonxonalar, 138 ta qozonlar va 363 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari hamda (1 ta Olmaliq "Issiqlik energiyasi" MCHJ) mavjud bo‘lib, bular orqali viloyatning shahar va tumanlaridagi 2 182 ta ko‘p qavatli uylarning 82 222 ta xonadonlari sifatli issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-maydagi “Toshkent viloyatida tadbirkorlikni yana-da qo‘llab-quvvatlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5118-sonli Qaroriga asosan Toshkent viloyatining 7 ta shahar hamda 15 ta tumanlarida 7 dona mahalliy, 47 ta avtonom qozonxonalar qurish, mavjud 28 ta turli quvvatli qozonlarni mukammal taʼmirlash, 87 ta issiqlik tarmoqlarini almashtirish ishlari rejalashtirilgan. Mazkur qaror ijrosi to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng, Toshkent viloyatining shahar va tumanlaridagi 87 ta ko‘p qavatli uylar hamda 23 ta ulgurji isteʼmolchilarning issiqlik energiyasi sifati yaxshilanib, tarmoqdagi yo‘qotishlar va qozonlarning sarflari tejalishiga erishiladi.

Bundan tashqari, 2022-yil davomida 5 ta mahalliy qozonxonalar qurish, 31 dona qozonlarni almashtirish hamda 44,8 km issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilishi natijasida viloyatdagi 501 ta ko‘p qavatli uylar yoki 19 817 ta xonadonlar (110 ta ko‘p qavatli uylar yangidan issiqlik taʼminotiga ulanadi) hamda 74 ta ulgurji isteʼmolchilarning issiqlik energiyasi sifati yaxshilanishiga erishiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022–2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №522-sonli qarorning 6-ilovasi bilan tasdiqlangan parametrlarga ko‘ra ko‘rsatilgan 31 dona qozonxona, 44 dona qozon va 72,296 km issiqlik tarmoqlarida mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Xususan, 10 dona (100%) qozonxona, 44 dona (100%) qozon va 72,296 km (100%) issiqlik tarmoqlarida mukammal va joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Respublika byudjetidan ajratilgan 3,2 mlrd. so‘m mablag‘lar xisobidan 2,99 km issiqlik tarmoqlari mukammal taʼmirlanishi rejalashtirilgan jumladan,

– Angren shahrida 0,350 km;

– Chirchiq shahrida 0,590 km;

– Qibray tumanida 0,600 km issiqlik tarmoqlarini mukammal taʼmirlash ishlari yakunlanishi natijasida mavsum davrida avariya holatlari keskin oldi olinadi hamda hududlardagi 43 ta ko‘p kvartirali uy-joylarni issiq suv va issiqlik energiyasi bilan sifatli va uzluksiz taʼminlanishiga erishiladi.

Mazkur mukammal taʼmir ishlariga yagona buyurtmachi etib Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi qoshidagi “Ko‘p xonadonli uylarni mukammal va joriy taʼmirlash hamda issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniya”si DUK belgilangan (kelgusida buyurtmachi etib nomlanadi).

Bugungi kunda buyurtmachi tomonidan rejaga nisbatan Chirchiq shahri bo‘yicha 0,59 km (100%), Angren shahri bo‘yicha 0,35 km (100%), Qibray tumani bo‘yicha 0,600 km (30%)ga issiqlik tarmoqlari mukammal taʼmirdan chiqarildi.

Shu bilan birga korxonaning o‘z mablag‘lari xisobidan 31 ta qozonxonalar, 47 ta qozonlar va 72,296 km issiqlik tarmoqlari joriy taʼmirlanishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda mazkur rejaga nisbatan 31 ta qozonxonalar (100%)ga, 47 ta qozonlar (100%)ga va 68,72 km issiqlik tarmoqlari (96%)ga joriy taʼmirdan chiqarildi jumladan.

qozonxonalar bo‘yicha: Angren shahrida 4 ta, Chirchiq shahrida 14 ta, Bo‘stonliq tumanida 2 ta, Zangiota tumanida 2 ta, Ohangaron shahrida 1 ta, Piskent tumanida 2 ta, Toshkent tumanida 1 ta, Qibray tumanida 2 ta, Yuqorichirchiq tumanida 2 ta, Yangiyo‘l shahrida 1 ta qozonxona.

qozonlar bo‘yicha: Angren shahrida 9 ta, Chirchiq shahrida 21 ta, Bo‘stonliq tumanida 3 ta, Zangiota tumanida 4 ta, Qibray tumani 1 ta, Piskent tumanida 1 ta, Toshkent tumanida 2 ta, Yangiyo‘l shahar 1 ta, Ohangaron shahar 1 ta, Yuqorichirchiq tumanida 4 ta qozonlar.

issiqlik tarmoqlari bo‘yicha: Angren shahrida 9,8 km, Chirchiq shahrida 55,59 km, Bo‘stonliq tumanida 0,4 km, Zangiota tumanida 1 km, Toshkent tumanida 0,13 km, Qibray tumanida 1 km, Yuqorichirchiq tumanida 0,6 km, Yangiyo‘l shahrida 0,2 km issiqlik tarmoqlari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-maydagi PQ–5118-sonli Qaroriga asosan issiqlik taʼminoti sohasida modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan 19 mln dollar ekvivalenti hisobidan bajariladigan ishlar manzilli ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, mazkur manzilli ro‘yxat Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi Rayosat Majlisi 94-son bayoni bilan tasdiqlangan.

Mazkur manzilli ro‘yxatga asosan jami 19 mln dollar ekvivalenti hisobidan 54 ta qozonxonalarni taʼmirlash, 86,6 km issiqlik tarmoqlarini almashtirish, 28 ta qozonlarni 21 ta nasos va 18 ta hisoblagichlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Angren shahar bo‘yicha

“Spets polimer montaj sanatsiya” pudratchi tashkiloti tomonidan Loyiha qidiruv ishlari (PIR) amalga oshirilgan. Nasos stansiyalari ko‘zdan kechirilib, nuqson dalolatnomalari rasmiylashtirilgan, 5 ta nasos stansiyalarida yumshoq tom qoplamasini mukammal taʼmirlash ishlari yakunlandi.

Uskunalar “Toshsuvmash” zavodiga buyurtma qilindi va olindan to‘lov amalga oshirildi. Transformator (400 kVa – 10 000 volt, 630 kVa 6 000 volt) – 2 ta, KSO 366 rusumli yacheyka – 2 ta, ASB 3x70 rusumli kabel – 3 156 metr, AVVG 3x120+1x70 rusumli kabel – 600 metr, AVVG 3x50+1x70 rusumli kabel – 0,50 km, Nasos elektr dvigateli bilan – 11 dona 5 ta nasos stansiyasi uchun asosiy va yordamchi uskuna vositalari keltirildi. 4 ta nasos stansiyalarida – 8 ta nasos uskunalari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda (“Loxuti” NS - 2 ta, 4-son NS 2 ta, “Angren NS” 2 ta, STP-9 2 ta) joyga o‘rnatildi. “Bo‘linish shahobchasi” va 1-sonli NSda taʼmirlash ishlari boshlandi.

“Bo‘linish shohobchasi”dan 5-sonli NSgacha bo‘lgan hududda 1 km (50%) yuqori volt kuchlanishi liniyasi tortildi.

“Torsvik construction azia” pudratchi tashkiloti tomonidan quyidagi ishlar bajarilgan:

– D-159, 108, 89, 76, 57 mm o‘lchamli 3,1 km uzunlikdagi issiqlik tizimi montaj qilindi.

“Aktiv master servis qurilish” pudratchi tashkiloti tomonidan quyidagi ishlar bajarilgan:

– D-159, 108, 89, 76, 57 mm o‘lchamli 0,565 km uzunlikdagi issiqlik tizimi montaj qilindi. Montaj ishlari yakunlandi.

“MANO-NOVAPROJECT” pudratchi tashkiloti tomonidan quyidagi ishlar bajarilgan:

D-273, 159, 108 mm o‘lchamli 0,45 km uzunlikdagi issiqlik tizimi montaj qilindi.

5/5 dahasi 26-uydan 32-uygacha 0,1 km uzunlikda bo‘lgan hududdagi issiqlik tarmoqlari yer qazish ishlari va demontaj ishlari amalga oshirildi, 0,140 km montaj qilindi.

Toshkent tumani bo‘yicha

“LION TRANS GROUP” MCHJ tomonidan 2,5 km issiqlik tarmoqlarini almashtirish bo‘yicha amalda 0,2 km almashtirilib, 1 km issiqlik quvurlari olib kelingan va ushbu quvurlarni o‘rnatish uchun 0,85 km latoklar qazilmoqda jami kurilish ishlari 55%ga bajarilgan.

Zangiota tumani bo‘yicha

“FAYSEL CONSTRUCTION” MCHJ tomonidan 2,1 km issiklik tarmoqlarini almashtirish bo‘yicha amalda 2,1 km almashtirilib, mazkur quvurlar issiqlik qoplamalari bilan o‘ralmagan jami kurilish ishlari 40%ga bajarilgan.

“Quyoshli” MFY hududiga modul qozonxonasi qurish bo‘yicha 2 dona 1500 MV quvvatga ega qozonlar qo‘yilgan, 0,8 km issiqlik quvurlari almashtirilgan bo‘lib issiqlik qoplamalari bilan o‘ralmagan jami kurilish ishlari 50%ga bajarilgan.

Bo‘stonliq tumani bo‘yicha

RK-1 qozonxonasiga ko‘zda tutilgan 9 km issiqlik tarmoqlaridan 4 km quvurlar yotqazilib, 3 km qismi issiqlik qoplamalari bilan qoplangan.

Tovoqsoy qozonxona bo‘yicha 1,5 km issiqlik quvurlari almashtirilib, issiqlik qoplamalari bilan qoplangan.

Nurafshon shahar bo‘yicha

“NB TEXNOLOGIES” MCHJ tomonidan viloyat hokimligi hududidagi 2 ta qozonxonalarda modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari tugatilib, 1-sonli qozonxona bo‘yicha 2 ta qozonlar, 4 ta nasos uskunalari va 0,04 km issiqlik tarmoqlari tortildi. 2-sonli qozonxona bo‘yicha 2 ta qozonlar, 2 ta nasos uskunalari hamda 0,102 km issiqlik tarmoqlari tortilgan.

Ohongaron shahar bo‘yicha

“Torsvik construction azia” MCHJ tomonidan 2 km issiqlik tarmoqlarini almashtirish bo‘yicha bugungi kunda 1,1 km issiqlik quvurlari yotqizilgan.

Yangiyo‘l shahar (tuman) bo‘yicha

“NB TEXNOLOGIES” MCHJ tomonidan “O‘zbekiston bekati” MFY hududidagi “Depo” qozonxonasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari tugatilib, qozonxonaga 2 ta qozonlar, 4 ta nasos uskunalari va 2 km issiqlik tarmoqlari tortilgan.

“Favoron” MFYda mahalliy qozonxona qurish bo‘yicha pudratchi tashkilot tomonidan qozonxonaning fundament qismi va karkas ustunlari ko‘tarilib, tom qismlari sendvich paneli bilan qoplangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-maydagi PQ-5118-son Qarori asosida 2022-yil 17 -oktabr kuni Angren shahri O‘zbekiston Mustaqilligi ko‘chasida joylashgan “Kimyogar” nasos stansiyasida “Spets polimer montaj” MCHJ pudratchi tashkiloti tomonidan d-300 mm va d-250 mm o‘lchamli 2 ta ochib-yopish moslamasi komplekt qismlari bilan o‘rnatildi. 140 m uzunlikda kabel yotqizish ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-maydagi PQ-5118-son qarori asosida 2022-yil 17-oktabr kuni Angren shahri G‘uncha ko‘chasida joylashgan “Bo‘linish shahobchasi” nasos stansiyasida d-350 mm va d-300 mm o‘lchamli 2 ta ochib-yopish moslamalari komplekt qismlari bilan o‘rnatildi. “Bo‘linish shahobchasi” nasos stansiyasidan Angren SHETK ga 300 m uzunlikda kabel uchun xandaq qazish ishlari amalga oshirildi.

Maʼlumot uchun, Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan ko‘p xonadonli uylarning aholisiga issiqlik va ichimlik suv taʼminoti hamda oqova suv xizmatlaridan foydalanish kabi mazkur yo‘nalishlarda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

FOTOLAVHALAR

Issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Doston Aliaxunov