Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Qibray tumanidagi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv tashkilotlarni faoliyati o‘rganildi
Bosh sahifa | Glavnaya stranitsa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 -yil 4-avgustdagi PQ–346-son qarori ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati tegishli ishlar amalga oshirilgan.
Qarorning 1.1-bandiga asosan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2022 yil 1 sentyabrga qadar muammoli kreditor qarzdorliklari mavjud har bir uy-joy mulkdorlari shirkatining boshqaruv usulini o‘zgartirish bo‘yicha uy-joy mulkdorlari umumiy yig‘ilish qarori qabul qilingan taqdirda ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklifiga rozilik berilgan.
Qarorning 1-ilova 1-bandiga muvofiq, Respublikadagi muammoli bank kreditlari mavjud har bir uy-joy muldorlari mazkur shirkatning faoliyati yuzasidan tegishli xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarining xulosasi olingan taqdirda, joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilish qarori asosida ularning boshqarish usuli tanlanadi.
Bunda, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining boshqaruvida bo‘lgan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun, qoida tariqasida reytingi yuqori bo‘lgan boshqaruvchi tashlilotlarni jalb qilish belgilanadi.
Toshkent viloyatida 2021/2022 yillar davomida mavjud 369 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan 346 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari tugatilib, 72 ta boshqaruvchi tashkilotlarga biriktirish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, mazkur qaror ijrosini to‘liq taʼminlash maqsadida viloyatdagi mavjud UJMSHlarga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarining xulosasi olinib, joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilish qarorlari asosida ularning Boshqaruv servis kompaniyasiga biriktirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Qibray tumanidagi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlarining faoliyati tanqidiy muhokama qilinib, boshqaruv tashkiloti rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ–5152-sonli qarorida joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilish qarorlariga asosan yangi uslubdagi Boshqaruv servis tashkilotlariga biriktirilishi orqali aholi turmush sharoitini yaxshilash belgilanganligi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi xodimlari tomonidan Qibray tumanidagi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Energetik”, “Bridj servis” UJMSHlarga ular xizmat ko‘rsatuvchi “Xalq banki” hamda “Sanoat qurilish banki” tomonidan moliyaviy holati barqaror kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmaganligiga asosan ijobiy xulosalar berilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Jarayonda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi hamda Bank xodimlari o‘zaro O‘zbekiston Respublikasi Prezident qarorlari ijrosini belgilangan muddatlarda taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘ylgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 avgustdagi PQ–346-son qaroriga asososan shirkatlarning moliyaviy holati to‘g‘risidagi xulosalari olinishi belgilanganligi ushbu qarorlar ijrosini belgilangan muddatlarda bajarilishi uchun ishlarni jaddalashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
“Ko‘p qvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish” bo‘limi boshlig‘i U.Farxodov