Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Bo‘stonliq tumanining “ПОЭСИ” qozonxonasida “РОССЕН РСД” 3000 kVt (3 MVt) rusumli sanoat isitish qozoni o‘rnatildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani G‘azalkent shahri “ПОЭСИ” qozonxonasida 5 dona Rossiya Federasiyasida ishlab chiqarilgan “РОССЕН РСД” 3000 kVt (3 MVt) rusumli sanoat isitish qozonlari o‘rnatildi.
Qozonxonaning umumiy quvvati 15 MVt hisoblanadi. Ushbu zamonaviy isitish qozonlarining issiqlik almashinuvi konstruksiyasi yuqori samaradorlik va issiqlik quvvatini beradi.
Gaz yoqish pechining aerodinamik qarshiligi kamligi evaziga tabiiy gaz sarfining hamda zararli gazlarning atmosferaga chiqishini kamayishiga erishiladi.
Penopoliuretan qoplamali quvur
Issiqlik tizimini taʼminlash maqsadida Rossiya Federasiyasining “Сайверхот” kompaniyasida ishlab chiqarilgan penopoliuretan qoplamali quvurlar olib kelingan.
Ushbu quvurlarning qoplamasi yuqori sifatli bo‘lib, issiqlik energiyasining to‘la saqlanishi hamda uzoq yillar sifatli xizmat ko‘rsatishi imkonini beradi.
Masofadan boshqarish elektron tizimini o‘rnatish xususiyati esa zarar yetgan hududlarni aniq ko‘rsatib beradi va bu bilan taʼmirlash harajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
“РОССЕН РСД” 3000 kVt (3 MVt) rusumli sanoat isitish qozonlari “Navro‘z” MFY Bo‘stonliq, Mustaqillik, Usmon Nosir Ibn Sino ko‘chalaridagi 28 ta (1a-; 2-; 4-; 5-; 6-; 7-; 9-; 13-; 15-; 19; 21-; 23-; 25-; 27-; 46-; 48-; 50-; 52-; 54-; 56-; 58-; 60-; 89-; 91-; 95-; 97-; 28a- 38a-) ko‘p qavatli uylar issiqlik bilan taʼminlanadi.
Maʼlumot uchun, Ushbu ko‘p qavatli uylar 1974-1995-yillarda qurilib, 4 va 5 qavatli 1 152 ta xonadon, 4 ta kirish yo‘lakdan iborat.
Bo‘stonliq tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi axborot xizmati