“Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Toshkent viloyati adliya boshqarmasining katta majlislar zalida “Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari”mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Boshqarma boshlig‘i Begzod Ro‘ziyev, O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisi To‘lqinjon Fayziyev, Toshkent viloyati adliya boshqarmasi masʼul xodimi Dilshod Turdimuxammadiyev, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi rahbar va mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda xalq konstitutsiyasi, yangi tahrirdagi konstitutsiya, konstitutsiyaning asosiy yangiliklari va tamoyillari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berildi.
Yangi tahrirdagi konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Yaʼni, Asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortdi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarini aniqlab olishi uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir.
Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi Matbuot xizmati