April 5, 2023

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi: Nurafshon shahri “Obod-turmush” MFYda  23a- va 25-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismi “Tashabbusli byudjet” dasturi hisobidan mukammal taʼmirlandi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Yangiobod”, “Obod turmush/Uchqun”, “Maʼrifat”, “Yuksalish/Taraqqiyot”, “Obod-turmush”, “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida joylashgan 110 ta ko‘p qavatli uylardan 2 938 ta xonadonga “GLOBAL-NURAFSHON-SITY” boshqaruv servis kompaniyasi 2021-yil dekabr oyidan xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Nurafshon shahri “Obod-turmush” MFYdagi 23a- va 25-sonli ko‘p qavatli uylar 1970-1983-yillarda qurilgan bo‘lib, 2 qavatli, 2 va 4 ta yo‘lakli, 18 va 20 ta xonadondan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq Budjet” portali – Open Budjet portali orqali jamoatchilik fikri asosida 2022-yilning iyulidan avgustga qadar 175 ta takliflar bildirildi.

Joriy yilning 1 mart kunidan 25 mart kuniga qadar pudratchi “SERVIS BIZNES MONTAJ” va “BRR GRUND” MCHJlar tomonidan 23a- va 25-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismilari 695,2 kvadrat metrdan profnastil mahsuloti bilan mukammal taʼmirlandi.

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq Budjet” portali – Open Budjet portali orqali “Obod-turmush” MFYdagi 27-; 31-; 49а-ko‘p qavatli uylarning tom qismini mukammal taʼmirlash uchun jamoatchilik fikri asosida takliflar yig‘ilmoqda.

Nurafshon shahri Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi axborot xizmati