October 15, 2022

Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari boshchiligida Bekobod shahrida aholi turmush darajasini yana-da yaxshilash bo‘yicha Sayyor qabul o‘tkazildi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Barxayot Meliyev boshchiligida 2022-yil 08-oktabr kuni Bekobod shahrida Yoshlar bog‘ida aholi turmush darajasini yana-da yahshilash bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Barxayot Meliyev, Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev, ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Doniyor Ahmedov hamda viloyat va shahar korxona-tashkilot mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda aholini qiynab kelayotgan kommunal tizimidagi masalalar va yashash sharoitini yaxshilash yuzasidan muammolar bo‘yicha 14 ta murojaat kelib tushgan.

Xususan, X.Xodjimatov, Q.Mujraboye, M.Sulaymonova, T.Raxmatulina, N.Atajanova, M.Turdimurodova, R.Xamroqulova, F.Baratova va boshqa ko‘p kvartirali uylarning mulkdorlari tomonidan “Tom qismi taʼmirtalabligi”, “Issiqlik tizimi quvurlari tartib bilan sifatli qilinmaganligi”, “Ichimlik suvi bosimi pastligi”, “Tom, fasad, kirish yo‘laklari va framuga oynalarini taʼmirlash” kabi mavzularda berilgan muammoli savollariga mutasaddi tashkilotlardan tegishli javoblar olindi.

Joriy yilning 11-oktabrda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Barxayot Meliyev boshchiligida 2022-yil 08-oktabr kuni Bekobod shahrida o‘tkazilgan sayyor qabuldagi fuqarolarning murojaatlari yuzasidan nazorat rejasi tasdiqlandi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev tomonidan ushbu nazorat rejaga kiritilgan murojaatlarni belgilangan muddatdan kechiktirmay bajarilishi yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Fuqaro Feruza Baratova murojaati – Bekobod shahar 13 daha 55- ko‘p qavatli uyning tom qismini taʼmirlash, ichimlik suv bosimini ko‘tarish, yerto‘la qismini tartibga solish.
55- ko‘p qavatli uyning tom qismini taʼmirlandi.
55- ko‘p qavatli uyning ichimlik suv bosimini meʼyoriga keltirildi.
55- ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismini tartibga solindi.
55- ko‘p qavatli uyning fasad qismi taʼmirlanmoqda.

Maʼlumot uchun, Bekobod shahar 13-daha 55- ko‘p qavatli uy 1986-yil qurilgan bo‘lib, 4 qavatli 32 ta xonadondan iborat. Umumiy maydoni 1732 metr kvadrat va 4 ta kirish yo‘laklari mavjud.

Sayyor qabulda, Toshkent viloyati ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga uy mulkdorlardan 23 ta murojaatlar qabul qilinib, hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan barcha murojaatlar o‘rganildi va 3 ta Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan yul qo‘ygan kamchiliklar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 159-moddasiga asosan Maʼmuriy bayonnomalar tuzilib belgilangan tartibda Maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi.

Toshkent viloyati hududiy inspeksiyasi rahbari Doniyor Axmedov va masʼul xodimlar ishtirokida fuqarolar tomonidan qurilgan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilmokda.

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati