Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshaqarmasi: Jismoniy va yuridik shaxslardan Angren shahriga kelib tushayotgan murojaatlar tegishli tartibda ijobiy hal qilinmoqda (Фото)
Bosh sahifa | Русский язык
2022-yil 1-yanvardan 2022-yil 1-oktabrga qadar jami 269 ta murojaat Angren shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limiga kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 121 tasi ijobiy hal qilingan bo’lib, 130 ta murojaatga huquqiy tushuntirish ishlari olib borilib, fuqaro ishtirokida dalolatnomalar tuzilgan. Shuningdek, 2 ta murojaat bo‘lim vakolat doirasida emasligi bois tegishli tashkilotga yo‘naltirilgan.
Hozirgi kunda jami 16 ta murojaat O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq o‘rganish ishlari olib borilib, joyiga chiqgan holda ijobiy hal qilish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, Angren shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan 5/1b daha, 2-uy, 2-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro E.Dadajonovning 2022-yil 5-sentabrdagi murojaati o‘rganilgan. Fuqaro murojaatida, 5/1B daha, 2-sonli ko‘p kvartirali uyning tom qismi ta’mir-talabligi ma’lum qilingan. Murojaatni o‘rganish vaqtida fuqaroni manzilini topish hamda bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.
Holat yuzasidan ushbu uyga texnik xizmat ko‘rsatuvchi “Oydin central cervise” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan uyning tomidagi 350 kvadrat metr qismida falgoizol va otsinkovanniy list mahsulotlari bilan joriy taʼmirlandi.
Angren shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan Bunyodkor ko‘chasi, 39-uy, 24-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Ruziyeva Venera Turgunovnaning 2022-yil 29-avgustdagi №693575/22-sonli murojaati o‘rganildi.
Bunyodkor ko‘chasi 39-uyga texnik xizmat ko‘rsatayotgan “Boshqaruv servis kompaniyasi 24/7” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan uyning tom qismi shifer qoplamasi bilan belgilangan tartibda ta‘mirdan chiqarilgan.
Angren shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan 5/3 daha,
23-uy, 29-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Ponomarev Aleksandr Viktorovichning 2022-yil 17-avgustdagi, №658629/22-sonli murojaati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida; 5/3 daha, 23-uyga texnik xizmat ko‘rsatayotgan “Angren kommunal ta’mirlash” boshqaruv servis kompaniyasi rahbariga fuqaroning murojaati yuzasidan bo‘lim vakolati doirasida tegishli topshiriq ko‘rsatmalar berildi.
Joriy yil 29 avgust kuni BSK xodimlari tomonidan uyning tom qismida mukammal ta’mirlash ishlari yakunlanib, fuqaroning murojaati ijobiy hal qilindi. Holat yuzasidan fuqoro Ponomarev Aleksandr Viktorovichning hozirgi kunda e’tirozi yo‘qligini yozma ravishda ma’lum qilgan.
Angren shahrida jami 823 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud bo‘lib, ushbu uylarga 12 ta boshqaruv servis kompaniyalari xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan:
1. “OYDIN CENTRAL SERVICE” BSK – “Bobotog‘”, “Nurchi” va “Karvon” MFY hududlaridagi 49 ta ko‘p kvartirali uylarga;
2. “ANGREN KOMMUNAL TA‘MIRLASH” BSK – “Kimyogar”, “Ozodlik” va “Navbahor” MFY hududlaridagi 31 ta ko‘p kvartirali uylarga;
3. “ANGREN BOSHQARUV SERVIS KOMPANYA 24-7” BSK “Ozodlik”, “Go‘zal” MFY hududlaridagi 184 ta ko‘p kvartirali uylarga;
4. “ANGREN PARTNYOR BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI” BSK “Taraqqiyot” MFY hududidagi 55 ta ko‘p kvartirali uylarga;
5. “SERVICE CENTER DUKENT” BSK “Ulug‘bek” MFY hududidagi 35 ta ko‘p kvartirali uylarga;
6. “ANGREN CITY CENTRAL SERVICE” BSK “Dorilfunun”, “Yoshlik”, “Yangi xayot” va “Chotqol” MFY hududlaridagi 73 ta ko‘p kvartirali uylarga;
7. “DRUJBA BOSHQARUV SERVIS” BSK “Istiqlol” va “Gulzor” MFY hududlaridagi 54 ta ko‘p kvartirali uylarga;
8. “A‘LO ANGREN SERVIS” BSK “Istiqbol” MFY hududidagi 19 ta ko‘p kvartirali uylarga;
9. “CENTR YAHYOBEK BOSHQARUV SERVIS” BSK “Karvon” MFY hududidagi 52 ta ko‘p kvartirali uylarga;
10. “MUSTAQIL IDEAL BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI” BSK “Mustaqillik” MFY hududidagi 97 ta ko‘p kvartirali uylarga;
11. “KOMFORT BOSHQARUV SERVIS XIZMATI” BSK “Mustaqillik” MFY hududidagi 31 ta ko‘p kvartirali uylarga;
12. “MOUNTAINS CITY” BSK “Yangiobod” MFY hududidagi 67 ta ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Angren shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi ko‘p kvartirali uyni boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Abdulaziz Imanaliyev, Allayor Berdiqulovlar tayyorladi