Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi: Piskent tumani “Oybek” MFY Bobur ko‘chasida joylashgan 25 va 54-ko‘p qavatli uylarning old yo‘laklari taʼmirlandi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ–408-sonli qarori ijrosini taʼmilash maqsadida, ko‘p qavatli uylarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, ichki yo‘llar, tom va boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha boshqarma tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Piskent tumani “Oybek” MFY Bobur ko‘chasi 25-ko‘p qavatli uyning yo‘laklariga “Trade Buiding Servise Star” MCHJ tomonidan 55 pogonniy metr irrigatsiya tarmog‘i va 60 metr asfalt yotqizildi.
Shuningdek, Bobur ko‘chasi 54-ko‘p qavatli uyning yo‘laklariga 60 pogonniy metr irrigatsiya tarmoqlari, 95 metr asfalt va 25 dona bardyur ustunlari o‘rnatildi.
Piskent tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi axborot xizmati