Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Chinoz tumanida ko‘p qavatli uylarga xizmat qilayotgan “BK kasandra servis” BSK faoliyatiga doir muhim maʼlumot (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “BK kasandra servis” Boshqaruv serviz kompaniya(BSK)si tomonidan “Yoshlik”, “Nafis”, “Chinmasjid”, “Tinchilik”, “Mevozor”, “Usmon Nosir”, “Saxibkor”, “Yaxshiniyat”, “Navoiy”, “Xamza”, “Xumo”, “Obihayot”, “Markazi”, “Chinmasjid” MFYlarga jumladan 42 ta uy 481 ta xonadonga 2022-yil 1-oktabrdan xizmat qilib kelmoqda.
2022-yil yanvar-dekabr oylari davomida “BK kasandra servis” BSK 42 ta ko‘p kvartirali uylarda mukammal va joriy taʼmirlash olib borildi.
“Tinchilik” MFY ko‘p kvartirali 2-sonli uyning tom qismi 800 kvadrat metr mukammal profnastil bilan taʼmirlandi.
– 10-sonli uyning fasad qismi 750 kvadrat metr to‘liq taʼmirlandi.
– 21-sonli uyning tom qismi 200 kvadrat metr va suv quvurlari joriy taʼmirlandi. Bir dona bolalar maydonchasi qurildi.
– 22-sonli uyning yerto‘la 150 kvadrat metr qismi va ichimlik suv quvurlari ham joriy taʼmirlandi.
“Chinmasjid” MFY ko‘p kvartirali 1-sonli uyning tom qismiga folgazol 1064 kvadrat metr joriy taʼmirlandi. fasad, qismi 800 kvadrat metr va oyna romlari akvaga almashtirildi. Framuga oynalariga taʼmirlandi. Kirish yo‘laklari to‘liq taʼmirlanib atrofi obodonlashtirildi. Umumiy hojatxona qurildi. Elektr simlari yangisiga almashtirilib, tungi chiroqlari o‘rnatildi.
“Navoiy” MFY ko‘p kvartirali 3-; 4-; 17-sonli uylarning tom qismi 2100 kvadrat metr taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
“Xamza” MFY ko‘p kvartirali 8-sonli uyning tom qismi 720 kvadrat metr taʼmirlash ishlari olib borildi.
“Yoshlik” MFY ko‘p kvartirali 1-; 2-; 3-; 4-; 5-; 6-; 7-; 8-; 9-; 15-; 16-; 17-; 46-sonli uylarning tom qismi 13600 kvadrat metr, 5300 kvadrat metr fasad, 36 ta kirish yo‘laklari mukammal taʼmirlandi.
“Yaxshiniyat” MFY ko‘p kvartirali 1-; 2-; 3-; 4-sonli uyning tom qismi 4500 kvadrat metr mukammal taʼmirlandi va ikkita bolalar mаydonchasi hamda umumfoydalanish hojatxona qurildi.
“Usmon Nosir” MFY ko‘p kvartirali 66-sonli uyning tom qismi 720 kvadrat metr mukammal taʼmirlandi.
“Xumo” MFY ko‘p kvartirali 104-; 223-; 225-; 227-sonli uylarning tom qismi 3200 kvadrat metr mukammal va 3500 kvadrat metr fasad qismi taʼmirlandi, temir eshiklar o‘rnatildi. Bir dona bolalar moydonchasi qurildi. To‘rtta tungi chiroqlari o‘rnatildi.
“Nafis” MFY ko‘p kvartirali 1-sonli uyning tom qismi 720 kvadrat metr mukammal, 800 kvadrat metr fasad, uchta kirish yo‘laklari taʼmirlandi. Bir dona umumfoydalanish hojatxona qurildi. to‘rtta tungi chiroqlari o‘rnatildi.
“Mevozor” MFY ko‘p kvartirali 4-sonli uyning tom qismi 900 kvadrat metr mukammal taʼmirlandi. Bir dona umumfoydalanish hojatxona qurildi.
“Markazi” MFY ko‘p kvartirali 3-; 4-; 5-sonli uyning tom qismi 2100 kvadrat metr mukammal, 800 kvadrat metr fasad, uchta kirish yo‘laklari taʼmirlandi.
“Obihayot” MFY ko‘p kvartirali 12-sonli uyning tom qismi 720 kvadrat metr mukammal, 800 kvadrat metr fasad, uchta kirish yo‘laklari taʼmirlandi.
Maʼlumot uchun, Toshkent viloyati Chinoz tumanida jami 108 ta ko‘p kvartirali uylardan 2 ta boshqaruv servis kompaniyalari xizmat qiladi:
Chinoz tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi axborot xizmati