Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi: Olmaliq shahridagi boshqaruv servis kompaniya(BSK)lari tomonidan ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari uchun umumiy yig‘ilish o‘tkazilmoqda.“Injener ramz” BSK misoli (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-oktabrdagi O‘RQ–581-sonli “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasiga binoan ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining har yilgi umumiy yig‘ilishi kalendar yil tugaganidan (yangi yil boshlangandan) keyin oltmish kundan kechiktirilmagan holda chaqirilishi lozim deb ko‘rsatilib o‘tilgan.
Ushbu Qonun moddasi ijrosini o‘z vaqtida taʼminlash maqsadida, Toshkent viloyatida mavjud boshqaruv servis kompaniyalari(BSK) tomonidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Boshqaruv servis kompaniyasi(BSK)lari tomonidan 2022-yil davomida mulkdorlardan undirilgan majburiy to‘lov badallari folgoizol, yotiq quvurlari, tik quvurlari, elektr taqsimlovchi qutilar, oqova quvurlari, qurilish mollari, issiqlik manbai, elektr energiyasi, obodonlantirish, bolalar maydonchasi taʼmiri uchun kabi yo‘nalishlarida sarflangan xarajatlari prezentatsiya ko‘rinishda havola etilmoqda.
Xususan, Olmaliq shahrida faoliyat olib borayotgan 8 ta: “Olmaliq kommunal servis”, “Injener ramz”, “Sihat-salomatlik stroy”, “Olmaliq taʼmirlash tiklash boshqaruv”, “BIG SKAN AS PLYS”, “GOLD SERVIS”, “SMART LYUKS BUILD”, “Mamlakat ona kelajak” boshqaruv kompaniyalari tomonidan ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlariga 2022-yilda amalga oshirilgan sarhisobi va 2023-yilda xizmat ko‘rsatish faoliyatiga doir ish-rejalari bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
“Injener ramz” boshqaruv servis kompaniyasi(BSK)
“Shoshiloq”, “Oydin”, “So‘fi Olloyor”, “Do‘stlik”, “Chambil”, “Uvaysiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 37 ta ko‘p qavatli uylarga “Injener ramz” boshqaruv servis kompaniyasi 2020-yil dekabr oyidan xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Ko‘p qavatli uylar soni 37 ta, 4 qavatli uylar – 37 ta umumiy maydoni 105186 kvadrat metr 37 ta uyning tom qismi umumiy maydoni 47 102 kvadrat metr shundan: Yumshoq tom qismlari 34 ta 44 582 kvadrat metr, beton qoplama tom qismlari 3 ta 2 520 kvadrat metr, yerto‘lasi mavjud uylar 37 ta, markazlashgan issiqlik taʼminoti mavjud uylar 37 ta, kirish yo‘laklari 159 ta, bolalar maydonchalari 14 ta.
Bugungi kunda BSKda 17 nafar ishchi-xodimlar aholiga samarali xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Jumladan, 8 746 kvadrat metr tom qismi joriy taʼmirlanib, yotiq quvurlari 224 p/m, tik quvurlari 1144 p/m, oqova quvurlari 537 p/m almashtirilib, kirish yo‘laklari taʼmirlanib, elektr qutilar yangisiga almashtirilib, yerto‘ladagi chiqindilar tozalanib, bolalar maydonchalar o‘rnatildi.
2023-yil mart oyidan 1 kvadrat metr umumiy maydon uchun “Oydin” va “Shoshiloq” MFYga qarashli ko‘p qavatli uylarning taʼrifi 1100 so‘m hamda “So‘fi Olloyor” “Do‘stlik” va “Chambil” MFYga qarashli ko‘p qavatli uylarning taʼrifi 1000 so‘m, noturar bino egalaring majburiy to‘lovi 1600 so‘m etib belgilandi.
BSK avariya holatlarni o‘z vaqtida bartaraf etishi uchun zarur bo‘lgan moddiy texnika bazasiga ega. ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarning murojaatlarini 24/7 ish rejimida qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
“Injener ramz” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan 2023-yil davomida ko‘p qavatli uylarda bajarilishi rejalashtirilgan ishlar quyidagilardan iborat:
– taʼmirlanadigan uylar soni – 24 ta, shundan: Tom qismlarini taʼmirlash – 16 ta uy, 12060 kvadrat metr;
– tom qismini shifer qoplamasi bilan qoplash – 3 ta uy 2520 kvadrat metr;
– kirish yo‘laklarini taʼmirlash – 11ta uy, 40 ta podyezd;
– elektr shitlarni taʼmirlash – 9 ta uy, 87 ta shit;
– trotuarlarga beton yotqizish – 3 ta uy, 1020 kvadrat metr maydon;
– fasadlarni taʼmirlash – 1 ta uy, 1716 kvadrat metr maydon;
– elevator taʼmirlash – 10 ta uy 36 ta elevator;
– elevator o‘rnatish – 4 ta uy 4 dona elevator.
“Injener ramz” boshqaruv servis kompaniyasi prezentatsiyasini yuklab olish.
Olmaliq shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi axborot xizmati