Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Boshqarma boshlig‘i boshchiligida 2022-yilning oktabr oyi yakuniga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev boshchiligida o‘tgan videoselektorda shahar, tuman bo‘lim boshliqlari, boshqarma mutaxassislari, Boshqaruv servis kompaniya rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish avvalida oktyabrda 15 ta muddati buzilgan “Jismoniy ва yuridik shaxslarning murojaatlari” masalasi tanqidiy muhokama qilindi.
4. O‘rtachirchiq tumanida 1 ta
Ushbu boshqarmalarda “Jismoniy ва yuridik shaxslarning murojaatlari”da mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilishi belgilandi, shuningdek, Boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, tuman boshliqlari, BSK rahbarlariga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
Oqqo‘rg‘on tumanida 1 ta murojaatlar ijrosi taʼminlanmasligi oqibatida 2017-yil 11-sentabr kunidagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 445-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasi talablari buzilganligini aytib o‘tib, o‘z xizmat vazifasiga sidqidildan yondoshmasdan, kelib tushgan murojaatlarni belgilangan muddatlarda ijrosini taʼminlamagan Chirchiq shahar bo‘limining tegishli xodimlariga “Intizomiy chora” ko‘rilishi, hamda qolgan Nurafshon shahar, Qibray, O‘rtachirchiq, Quyichirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlari tegishli xodimlariga qatʼiy ogohlantirish berilishi masalasini ilgari surdi.
Bekobod tumanlarida 1 ta topshiriqlar ijrosi taʼminlanmasligi oqibatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 31-may kunidagi “ijro.gov.uz” ijro intizomi yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5132-sonli qarori ijrosi taʼminlanmay kelayotganligi sababli yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tuman va shahar bo‘limlari boshliqlariga 1 hafta muddatda barcha kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qatʼiy ogohlantirildi.
Boshqarma boshlig‘i ushbu selektor davomida “Mening uyim” billing masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi va 2022-yil uchun belgilangan ko‘rsatkichlarni to‘laqonli bajarish uchun harakat qilish lozimligini, ammo barcha bo‘limlarda natijalar maqtovga arzigulik emasligini tanqid ostiga oldi.
Jumladan, 49%ga (50% dan kam) bajargan tuman va shahar bo‘lim boshliqlariga nisbatan 1 hafta muddatda 70% ga yetkazish bo‘yicha qatʼiy ogohlantirildi, hamda ushbu topshiriq ijrosi taʼminlanmagan taqdirda Hayfsan intizomiy chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risida taʼkidlab o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-yanvardagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-sonli Qarori ijrosi taʼminlanmayotganligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan keskin tanqid qilinganligi aytib o‘tdi.
Boshqarma boshlig‘i ijro intizomi masalalariga to‘xtalar ekan, yig‘ilish bayonlari qabul qilinganiga qaramay, ayrim masʼul rahbarlar bunga beparvolik bilan yondashganini, topshiriqlar mukammal bajarilmaganini taʼkidlab, belgilangan vazifalarga sovuqqonlik bilan yondashgan rahbarlarga ogohlantirish eʼlon qildi.
Shuningdek, yuqorida keltirilgan kamchiliklar ortidan qonun hujjatlarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan Chirchiq shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh mutaxassislari S.Samatov hamda S.Soliyevlar hamda Ohangaron tuman bo‘limi boshlig‘i A.Xalikovga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda Hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi bo‘yicha masʼul xodimlarga topshiriq berildi.
Bundan tashqari, ushbu holatlar yana takrorlangan, ijro intizomiga rioya qilinmagan taqdirda, keskin intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi aytildi.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati