April 13, 2023

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi: Bo‘stonliq tumani “Istiqlol” MFY Beruniy va Birlik ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yo‘laklari taʼmirlandi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ–408-sonli qarori ijrosini taʼmilash maqsadida, ko‘p qavatli uylarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, ichki yo‘llar, tom va boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bo‘stonliq tumani “Istiqlol” MFY Beruniy va Birlik ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning orasidagi ichki yo‘llariga “Yo‘l ko‘prik qurilish” DUK tomonidan 1,2 km asfalt yotqizildi.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Bo‘ston”, “Ma‘rifat”, “Navro‘z”, “Dahana”, “Markaziy”, “Namuna”, “Besh-tut”, “Do‘stlik”, “Fazogir”, “Xo‘jakent”, “Burchmullo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida joylashgan 160 ta ko‘p qavatli uylardan 7 481 ta xonadonga “Titan Maxsima” boshqaruv servis kompaniyasi 2022-yil avgust oyidan xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

“Titan Maxsima” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan irrigatsiya tarmoqlarini o‘tkazish uchun Ø200 uzunligi 12 m polietilen quvuri yotqizilib, hududlar obodonlashtirilmoqda.

FOTOLAVHALAR

Bo‘stonliq tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi axborot xizmati