April 18, 2023

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi: Bayram munosabati bilan bir guruh xodimlar “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi (Foto) 

Bosh sahifa | Русский язык

18 aprel – “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” munosabati bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining masʼul xodimi tomonidan bir guruh xodimlarni “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

Maʼlumki, davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq ikki vazirlik birlashtirilib, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashkil etildi. Bu bevosita faoliyat yuritayotgan soha vakillariga yana-da katta maʼsuliyat yuklaydi.

Odamlarning og‘irini yengil qilish eng himmatli kasb, zero kommunal ishchi-xodimlar yelkasida aholi uchun qulay yashash sharoitlarini taʼminlashdek katta masʼuliyat yotadi.

Har bir oiladagi farovonlik, har bir uyning iliqligi ko‘p jihatdan uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimining barqaror va ishonchliligiga, ushbu sohada ishlaydigan odamlarning mahorati hamda yuqori masʼuliyatiga bog‘liq.

Sir emas, o‘tgan qish mavsumi barchamiz uchun sinovli keldi. Bunda, ayniqsa, kommunal soha xodimlarining salohiyati, faoliyatiga bo‘lgan sadoqati, sabri va matonati sinaldi.

Anomal sovuq havo sharoitida u xoh erkak xodim bo‘lsin, xoh ayol tunni tun, kunni kun demay ishladi. Shu jasorat egalaridan minnatdor bo‘lishimiz darkor.

Bir so‘z bilan aytganda, yurtdoshlarimiz og‘irini yengil qilishdek zahmatli va sermashaqqat kasbu kor bilan jamiyatda munosib o‘rin topayotgan soha xodimlari faoliyati alohida eʼtirofga sazovordir.

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasiga quyidagilar taqdirlanishdi:

Boshqarma apparatidan bo‘lim boshliqlari – Sardorxon Neʼmatxonov Sirojiddin o‘g‘li va Bobirxon Sobirov Toxir o‘g‘li;

Angren shahar bo‘limi boshlig‘i Kamronbek Karimov;

Issiqlik manbai DUK Piskent tumani uchastka boshlig‘i Shovkat Nabiyev Yaqubovich;

Issiqlik energiyasi DUK bosh hisobchisi Tatyana Tyurina Vladimirovna.

Sardorxon Neʼmatxonov Sirojiddin o‘g‘li
Bobirxon Sobirov Toxir o‘g‘li
Kamronbek Karimov
Tatyana Tyurina Vladimirovna

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi Matbuot xizmati