October 1, 2022

Toshkent viloyati hokim o‘rinbosari va Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Parkent tumani “Quyosh” MFYdagi ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilyotgan zamonaviy lokal isitish qozonlarni ko‘zdan kechirdi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari boshchiligida o‘tkazilgan 13-son yig‘ilish (2021-yil 12-may 02-RA 1-8017) bayoniga muvofiq, Toshkent viloyati hokim o‘rinbosari Barhayot Meliyev va Toshkent viloyati Uy joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayevlar Parkent tumani “Quyosh” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilyotgan zamonaviy lokal isitish qozonlari, issiqlik tizimning montaj jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Toshkent viloyati Parkent tumanida jami 133 ta ko‘p kvartirali uylardan 125 tasiga 3 ta: “PARKENT YOG‘DUSI BCK”, “Xisorak Mangu Quyosh”, “Poletaeva Kommunal” Boshqaruv servis kompaniyalari xizmat qiladi.

“Xisorak Mangu Quyosh” BSK 2021 yil 20 mayda tashkil etilgan. Ushbu BSK “Quyosh”, MFYga, jumladan, 15 ta uy 344 ta xonadon egalariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

1982-1986-yillarda qurilgan umumiy maydoni 21 ming 500 metr kvadratga ega bo‘lgan “Quyosh” MFYda 15 ta ko‘p qavatli uylarni isitish tizimi markazlashgan tizimdan uzilib, mustaqil isitish tizimiga o‘tkazilmoqda.

Jumladan, pudratchilar “UNIVERSAL QURILISH SERVIS” MCHJ hamda “KAPITAL HOUSE” MCHJlar tomonidan tumandagi 16 ta ko‘p qavatli uylarga: “Quyosh” MFYda 15 ta va “Navro‘z” MFYda 1 ta zamonaviy lokal isitish qozonlari o‘rnatish ishlari 70 foiz ishlar bajarilgan.

Buning natijasida, Boshqaruv servis kompaniya ko‘p qavatli uylarga bitta mahalliy isitish qozonxonasini o‘rnatishi orqali qanchadan-qancha elektr energiyasi hamda tabiiy gazni iqtisod qilinishi rejalashtirilgan.

Xususan, uy mulkdorlarda mavjud issiqlik tizimi tarmoqlarini yangitdan tortish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlangan.

O‘rganishlar so‘nggida Toshkent viloyati hokim o‘rinbosari Barhayot Meliyev tomonidan tegishli masʼullarga qurilish-taʼmirlash jarayonlarni jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

FOTOLAVHALAR

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati