Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Parkent tumanidagi ko‘p qavatli uylarda 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Manzilli dasturlar doirasida amalga oshirilyotgan ishlar holati o‘rganildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mansur Hudoyqulov boshchiligidagi Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2021-yil 12 -maydagi №02-RA-1-8017-sonli bayoni ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati Parkent tumanida ko‘p qavatli uylarni 2022-2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlab chiqilgan Manzilli dasturlar doirasida amalga oshirilyotgan ishlar holati o‘rganildi.
Jumladan, tumanda joylashgan ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, xonadon egalarining debitor qarzdorligini qisqartirish va “Mening uyim” billing tizimiga abanentlarni va tushumlarni kiritilishi, tumanda mavjud Boshqaruv servis kompaniyalarining bugungi kundagi faoliyati bilan tanishishdi.
Toshkent viloyati Parkent tumanida jami 133 ta ko‘p kvartirali uylardan 125 tasiga 3 ta: “PARKENT YOG‘DUSI BCK”, “Xisorak Mangu Quyosh”, “Poletaeva Kommunal” Boshqaruv servis kompaniyalari xizmat qiladi.
Ishchi guruh tomonidan Parkent tumani “Istiqbol” MFY Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan 1-; 2-; 3-; 4-ko‘p qavatli uylarda bo‘lib, ushbu uylarning aholisini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganishdi.
Ko‘p qavatli uylar 2019-2020-yillarda qurilgan bo‘lib, 64 ta xonadon mavjud. Uylar o‘zini o‘zi boshqarish usulida faoliyat olib boradi.
Toshkent viloyati UJKXK boshqarmasi ishchi-xodimlari tomonidan xonadon egalariga BSK afzallik va ustunlik jihatlari tushuntirildi.
Parkent tumani Qiziltog‘ (Krasnagorsk) shaharchasida mavjud 91 ta ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Poletaeva Kommunal” MCHJ shaklidagi Boshqaruv Servis kompaniyasi tomonidan “Oydin” MFY Poletayeva ko‘chasi 1-; 3-; 6-; 10-; 19-; 21-; 23-; 24-; 25-; 26-; 30-; 34-; 36-; 37-; 39-; 40-; 41-; 43-; 46-; 47-; 48-; 51-; 53-; 45-; 52-uylarning kirish yo‘laklari va 34-; 45-; 52-uylarning tom qismi joriy taʼmirlandi.
Parkent tumani Qiziltog‘ (Krasnagorsk) shaharchasi Said ota MFY Paletayeva ko‘chasi, 18-uy va “Tolbuloq” MFY Vastochnaya ko‘chasi 1-; 2-; 5-; 8-uylarning tom, fasad va yerto‘la qismlarida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Parkent tumani Qiziltog‘ shaharchasi “Tolbuloq” MFY Vastochnaya ko‘chasida joylashgan 4ta kup qavatli uylarning tom qismi mukammal profnastil bilan qoplab, fasad qismi ham taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar yakunida Ishchi guruh tomonidan mutasaddilarga aholining majburiy badal summalaridan qarzdorliklarini qisqartirish, billing tizimi bilan kup qavatli uylarni to‘liq qamrab olish, kuz-qish mavsumi yaqinlashganligi sababli olib borilyotgan qurilish-taʼmirlash ishlarini jadallashtirish va sifatini nazoratga olish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati