February 8, 2023

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: viloyatda ko‘p qavatli uy xonadonlar orasida uglerod oksidi (is gazi) bilan zaharlanish holatlarini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda (Foto)  

Bosh sahifa | Русский язык

Qish mavsumida ko‘p kvartirali uylarni issiqlik bilan taʼminlashda ayrim muammolar saqlanib qolayotganligi aholi orasida og‘ir oqibatli is gazidan zaharlanish holatlarining ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Toshkent viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi qish mavsumida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ko‘p qavatli uy mulkdorlarning bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida, “Hududgaztaʼminot” AJ va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan birgalikda tegishli tartibda ishlab chiqilgan ish-rejasiga muvofiq targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, ko‘p hollarda isitish mavsumida shamollatish kanallarining havo tortish qobiliyati yo‘qolganligi sababli, xonada havo almashinuvi meʼyor darajasida bo‘lmasligi is gazidan zaharlanishga olib keladi.

Is gazi nima?

Is gazi (uglerod oksidi) – rangsiz, taʼmsiz, hidsiz zaharli gaz.

Kimyoviy formulasi – CO2. U yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng ko‘p tarqalgan zaharlovchi gazlardan biridir.

Qazib olinadigan yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi is gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi sabab yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining bo‘lishi o‘lim holatiga olib kelishi mumkin!

Ис гази организмга тушганда у қон таркибидаги гемоглабин ва кислород ташувчи эритроцитларни ўзаро боғлаб, кислороднинг тана бўйлаб ҳаракатланишини чеклайди. Натижада инсон ҳушини йўқотади.

Кўп ҳолларда ис газидан заҳарланиш билан боғлиқ биргина ҳодисанинг ўзида бир нечта киши, ҳатто, оиланинг барча аъзолари ҳалок бўлиши кузатилмоқда.

Ushbu quyidagi omillar sabab bo‘ladi:

– boshqarish tashkilotlar tomonidan gaz uzatish vaqtincha to‘xtatilishi haqida uy mulkdorni o‘z vaqtida xabardor qilmasligi, mutasaddi tashkilotlar uzatilayotgan gaz bosimining bir meʼyorda saqlanishi taʼminlanmanganligi;

– mavjud isitish pechlarining qo‘lbola usulda tayyorlanganligi va texnik nosozligi, ularning belgilangan normalarga muvofiq o‘rnatilmaganligi;

– gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari hamda gaz ballonlari, ko‘mir va o‘tin cho‘g‘larini olib kirib foydalanish;

– ko‘p qavatli uylardagi havoni almashtiruvchi shaxta yoki dudburonlarning turli sabablar bilan to‘sib qo‘yilishi, bu kabi vositalarga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatilmaganligi natijasida nosoz holatga kelib qolganligi;

– energiya manbalari yordamida ishlaydigan isitish vositalaridan foydalanish bo‘yicha yetarlicha maʼlumotga ega emasligi.

Joylarda is gazidan zaharlanish holatlarini keskin kamaytirish hamda shu masalaga oid O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023-yil 19-yanvardagi topshirig‘i ijrosini taʼminlash maqsadida:

– ko‘p xonadonli uy-joylar mavjud mahallalarda, isteʼmolchilarning gaz uskunalariga majburiy texnik va profilaktik xizmat ko‘rsatuvchi “Hududgaztaʼminot” AJning tuman (shahar)lardagi filiallari xodimlari bilan birgalikda biriktirilgan hududida joylashgan ko‘p xonadonli uy-joylar xonadonlarini o‘rganish jarayonida uy egalari bilan is gazidan zaharlanishning oldini olish borasidagi ogohlantiruv va tushuntirish ishlarini yana-da jadallashtirib “Eslatma. Is gazidan ehtiyot bo‘ling!” mavzusidagi tarqatma materiallarni aholiga tarqatish;

– xonadonlarni o‘rganish jarayonida isitish pechlari va dudburonlarda aniqlangan nosozliklar yuzasidan tuman (shahar)larda tashkil etilgan taʼmirlash-tiklash guruhlariga xabar berish;

– boshqaruv tashkilotlar vakillari ko‘p qavatli uy mulkdorlarining is gazidan zaharlanishiga olib kelayotgan omillarni o‘rganish va mazkur muammoni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish, bunda uylarda pech qurish, pech, dudburon va ventilyatsiya kanallariga texnik xizmat ko‘rsatish samarali tashkil etishga eʼtibor qaratish;

– gaz taʼminotidagi uzilishlar haqida aholini avvaldan ogohlantirish mexanizmini ishlab chiqish, shuningdek, is gazidan zaharlanish va uning oqibatlari, dudburonlar va ventilyatsiya kanallarini o‘z vaqtida tozalatish masalalari bo‘yicha ishlarini kuchaytirish;

– ko‘p qavatli uylarga gaz qurilmalar loyihaga muvofiq o‘rnatilganligi, uning foydalanish qoidalariga rioya etilish holatlari bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

FOTOLAVHALAR

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati