Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Xalq qabulxonasi bilan birgalikda “Jismoniy va yuridik shaxslar”dan kelib tushayotgan murojaatlarni monitoringi bo‘yicha seminar tashkil etildi (Foto+video)
Bosh sahifa | Glavnaya stranitsa
2022-yil 13-sentabrida “Toshkent viloyati Yoshlar markazi” binosida Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshchiligida Toshkent viloyati Xalq qabulxonasi, Toshkent viloyati markaziy banki, Toshkent viloyati Uy-joy fondi inspeksiyasi hamda Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ICHB DUKlar bilan hamkorlikda “Jismoniy va yuridik shaxslar”dan kelib tushayotgan murojaatlarni monitoringi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminarda boshqarma boshlig‘i Sardor Ubaydullayev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining 2022-yil 19-avgustdagi 218-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash yuzasidan Toshkent viloyati Xalq qabulxonasi bilan birgalikda “Jismoniy va yuridik shaxslar”dan kelib tushayotgan murojaatlarni qonunda belgilangan muddatlardla ko‘rib chiqilishi, ularga belgilangan tartibda javob xatlari yo‘llanishi va monitoring yuritilishini tashkillashtirish, shuningdek, qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish choralarini ko‘rish, ular tomonidan kiritilayotgan murojaatlarni ijobiy hal etish orqali aholining kommunal sohaga bo‘lgan ishonchini yana-da oshirish maqsadida tizimni yana-da takomillashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berib, kelib tushgan murojaatlar hisoboti o‘qib eshittirildi.
Jumladan, Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi va uning tasarrufidagi korxonalarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 2022-yil 8 oy davomida O‘zbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan jami 895 ta kelib tushgan bo‘lib, shundan, 219 ta murojaatlar Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ICHB DUKga, 35 ta murojaatlar “Olmaliq Issiqlik manbai” MCHJga, 641 ta murojaatlar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmaga tegishli.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi va uning tasarrufidagi korxonalarga kelib tushgan 895 ta murojaatlarning 411 tasi ijobiy hal qilingan, 404 tasiga o‘rnatilgan tartibda huquqiy maʼlumot berilgan, 52 tasiga tushuntirish berilgan, 5 ta murojaatlar tugatilgan, 1 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 ta murojaat rad etilgan hamda 21 ta murojaatlar bugungi kunda o‘rganish jarayonida.
Virtual qabulxona orqali kelib tushgan 895 ta murojaatlarning 180 tasi Prezident Administratsiyasi, 676 tasi Toshkent viloyat Xalq qabulxonasi, 29 tasi Olmaliq shahar Xalq qabulxonasi nazoratchi tashkilot hisoblanib, 17 ta murojaat Xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan, 17 ta murojaatlarning 7 tasi ijobiy hal qilingan, 8 tasiga o‘rnatilgan tartibda huquqiy maʼlumot berilgan, 1 tasiga tushuntirish berilgan.
Tahlil qilinganda 895 ta murojaatlarning 457 tasi Uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati va uning ko‘rsatgan xizmatlari, 273 tasi Issiq suv va issiqlik taʼminoti, 34 tasi Oqova suv (kanalizatsiya) xizmati, 30 tasi Ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar, 20 tasi turar joylarni saqlash va taʼmirlash, 81 tasi boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.
Murojaatlar hududlar va tizim tashkilotlari kesimida tahlil qilinganda, 219 ta murojaatlar Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ICHB DUKdan, Angren shahrida 206 ta, Bekobod shahrida 78 ta, Chirchiq shahrida 224 ta, Olmaliq shahrida 124 ta, Yangiyo‘l shahrida 60 ta, Oxangaron shahrida 24 ta, Nurafshon shahrida 20 ta, Bekobod tumanida 3 ta, Yangiyo‘l tumanida 22 ta, O‘rtachirchiq tumanida 4 ta, Oxangaron tumanida 6 ta, Bo‘ka tumanida 7 ta, Bo‘stonliq tumanida 25 ta, Qibray tumanida 27 ta, Quyi Chirchiq tumanida 4 ta, Oqqo‘rg‘on tumanida 3 ta, Parkent tumanida 14 ta, Piskent tumanida 2 ta, Toshkent tumanida 2ta, Chinoz tumanida 12 ta va Yuqorichirchiq tumanida 3 tani tashkil etmoqda.
Shuningdek, Virtual qabulxonadan kelib tushgan jami 895 ta murojaatlardan, 219 ta murojaat Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ICHB DUK tomonidan ko‘rib chiqilib, 15 tasi takroriy murojaat, 11 tasi kechiktirib yopilgan, 3 tasi 30 kundan kechiktirib yopilgan, 35 ta murojaat “Olmaliq Issiqlik manbai” Davlat korxonasi tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 1 ta takroriy murojaat, 1 tasi kechiktirib yopilgan, 641 ta murojaat boshqarmaga tegishli murojaatlarning 8 tasi takroriy va 47 tasi kechiktirib yopilganligi aytib o‘tildi.
Joriy yil eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan Chirchiq shahar (D.Xamdamov)da 234 ta shundan 54 tasi muddati o‘tib ijro etilgan, Angren shahar (K.Karimov)da 216 ta shundan 22 tasi muddati o‘tib ijro etilgan, Olmaliq shahar (B.Sharipov)da 134 ta shundan 84 tasi muddati o‘tib ijro etilgan, Bekobod shahar (B.Sattarov)da 78 ta hamda Yangiyo‘l shahar (O.Xakimov)larda 60 ta shundan 27 tasi muddati o‘tib ijro etilgan. Murojaatlar ortib borayotganligi, muddati buzib bajarilayotganligi sababli ushbu bo‘lim boshliqlari murojaatlarni kamaytirish, sifatli bajarilishini taʼminlab, takroriy murojaatlarga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida оgohlantirildi.
Shuningdek, Toshkent viloyati Xalq qabulxonasi vakili Shukurova Muhayyo Muqumjonovna so‘zga chiqib murojaatlar kelib tushuvchi tizim xaqida barcha maʼlumotlar berib, fuqarolar bilan ishlashda muddatlarga diqqatni qaratish, fuqarolarga nisbatan hushmuomilalik bilan yondashgan holda murojaatlarini ijobiy hal etish lozimligi haqida taʼkidlab o‘tdi.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan boshqarma boshlig‘i Sardor Ubaydullayev so‘zga chiqib, Toshkent viloyatida mavjud jami 143 mlrd. so‘m kredit mablag‘larining bugungi kunda 102 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari muzlatilgani qolgan 41 mlrd. so‘m kredit mablag‘larini muzlatish ishlari jarayondaligiga to‘xtalib o‘tdi.
Jumladan, Yuqorichirchiq tumani (J.Normatov) 0%, Bekobod tumani (I.Sultanov) 0% hamda Chinoz tumani (I.Bektashev) 0% tomonidan bugungi kunga qadar kreditlarni muzlatish ishlari umuman amalga oshirilmaganligi va Piskent tumani (U.Yermatov) 35%, Qibray tumani (Sh.Yergashev) 12% hamda Ohangaron shahar (B.Fozilxonov) 20% bajarilganligi sababli ushbu bo‘lim boshliqlari va bosh mutaxassislariga joriy yilning sentabr oyi yakuniga qadar kredit muzlatish ishlarini 100%ga bajarish bo‘yicha ogohlantirildi.
Kreditlarni muzlatishda va Boshqaruv servis kompaniyalarida hududiy banklar bilan yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan Toshkent viloyati Markaziy banki vakili U.Matboboyev so‘zga chiqib, Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasining tuman va shahar bo‘limlariga hududiy xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan yuzaga kelayotgan kreditlarni muzlatishda zarur bo‘ladigan hujjatlardan tashqari ortiqcha hujjat so‘rash xolatlari, Boshqaruv servis kompaniyalari og‘ir toifadagi shirkatlarni qabul qilib olishda yuzaga kelayotgan debitor-kreditor qarzdorliklar ro‘yxati olishda maʼlumotlar sunʼiy ravishda sobiq shirkatlar tomonidan yo‘q qilib yuborilishi va shu sababli maʼlumotlarda tafovvud yuzaga kelishi oldini olish yuzasidan hududiy xizmat ko‘rsatuvchi banklardan debitor-kreditor qarzdorlik maʼlumotlarini olishda yordam berishi haqida aytib o‘tdi.
Shuningdek, Xalq banki hamda Hamkor banklar bilan yuzaga kelayotgan kreditlarni muzlatishda ishlarni amalga oshirmayotganganligi yuzasidan oy yakuniga qadar ushbu banklar va ularning filiallariga kerakli ko‘rsatmalar berilib, ishlar boshlanishini bildirdi.
Boshqarma boshlig‘i Sardor Ubaydullayev tomonidan keyingi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik mavzusi yuzasidan Toshkent viloyati Uy-joy fondi hududiy inspeksiyasi boshlig‘i Doniyor Axmedov bilan birgalikda joriy yilning 13-sentabr kunidagi 68-sonli “Qo‘shma buyruq” ishlab chiqilib, buyruqqa ko‘ra hududlarda dasturlar asosida kuz-qish mavsumiga olib borilgan ishlarning bajarilish darajasi, sifatliligi hamda maʼlumotlarning aniqlik darajasi ishchi guruh yordamida o‘rganilishi haqida aytib o‘tildi.
2022–2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan Chinoz tumani (I.Bektashev), Nurafshon shahar (X.Tashmetov), O‘rtachirchiq tumani (Z.Tashxadjayev), Quyichirchiq tumani (B.Berdikulov), Bekobod tumani (I.Sultonov), Qibray tumani (Sh.Ergashev), Oqqo‘rg‘on tumani (Q.Davlatov) hamda Piskent tumani (U.Ergashev)lar tomonidan dasturlar ijrosi yuzasidan sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi sababli kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni tez fursatlarda va sifatli yakunlash topshirig‘i berilib, topshiriqqa sustkashlik bilan yondashgan xodimlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.
Boshqarma boshlig‘i Sardoro Ubaydullayev tomonidan “Mening uyim” Billing tizimi yuzasidan debitor qarzdorlikni undirishda ko‘rsatkichi eng past bo‘lgan O‘rtachirchiq tumani (Z.Tashxadjayev), Bo‘stonliq tumani (X.Xusanov), Chinoz tumani (I.Bektashev), Piskent tumani (U.Ergashev), Qibray tumani (Sh.Ergashev), Bo‘ka tumani (A.Xusanov) hamda Bekobod tumani (I.Sultonov)lar tushumlarni ko‘tarish bo‘yicha boshqarma tomonidan kerakli amaliy yordamlar berilishi haqida aytib o‘tib, Toshkent viloyati Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda hududlardagi qarzdorligi katta bo‘lgan mulkdorlarni sud orqali to‘lovlarni undirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganligini va bundan keyin ham tushumlarda o‘zgarish qilmagan tuman va shahar bo‘lim xodimlariga taʼsirchan choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.
Shuningdek, Toshkent viloyati savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘limlari bilan birgalikda ishlarni tashkil yetishni jadallashtirish hamda debitor qarzdorlikni qisqartirish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarni amalga oshirish zarurligini eslatib o‘tdi.
“Mening uyim” Billing tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirish orqali shaffoflik erishish muhum ahamiyatga ega ekanligi sababli tizim orqali majburiy badal to‘lovlarini faqatgina tizim orqali aylantirish maqsadga muvofiqligi, lekin ayrim tuman va shahar bo‘limlari tomonidan ushbu topshiriqqa sovuqqonlik bilan yondashilayotganligi sababli O‘rtachirchiq tumani (Z.Tashxadjayev), Bo‘stonliq tumani (X.Xusanov), Chinoz tumani (I.Bektashev) hamda Piskent tumani (U.Ergashev)lar ko‘rsatkichi qoniqarsiz darajada past ekanligi va joriy yilning sentabr oyi yakuniga qadar tushumlar ko‘rsatkichini ko‘tarish xaqida ogohlantirildi.
Boshqarma boshlishg‘i Sardor Ubaydullayev tomonidan Boshqarmaning AKT va axborot xavfsizligi bo‘yicha bosh mutaxassisi (O.Maxmudov)ga “Mening uyim” Billing tizimidagi barcha ishlarni yakunlash bo‘yicha 2022-yilning sentabr oyi yakuniga qadar tugatish yuzasidan ogohlantirildi.
Boshqarma boshlig‘i tomonidan “Issiqlik tizimini bosim ostida yuvish bo‘yicha” tuman va shaharlarda olib borilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan: Qibray tumani (Sh.Ergashev) 11%, Yangiyo‘l shahar (O.Hakimov) 53% hamda Olmaliq shahar (B.Sharipov) 60% gagina bajarib rejadan ortda qolishayotganligi va Issiqlik tizimini bosim ostida yuvish ishlarini jadallashtirgan holda joriy oy yakuniga qadar yakunlash bo‘yicha qatʼiy ogohlantirildi.
Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ICHB DUK boshlig‘i Oybek Ochilov tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha qisqa maʼlumot o‘qib eshittirilib, tuman va shahar kommunal bo‘limlari tomonidan ularni qiziqtirgan savollarga javob berib, ishlarni jadallik bilan birgalikda davom ettirishini bildirib o‘tdi.
Navbatdagi masala yuzasidan faoliyati qoniqarsiz bo‘lgan Boshqaruv servis kompaniyalari tanqid ostiga olinib, Toshkent viloyati Uy-joy fondi inspeksiyasi bilan hamkorlikda ularni faoliyati qayta o‘rganilib, o‘sish qilmagan Boshqaruv servis kompaniyalarni tugatish choralari ko‘rilishi haqida maʼlum qilindi.
Shu jumladan, Chirchiq shahridagi “Mumtoz servis” BSK tomonidan yil boshidan buyon 1 dona 2 qavatli uyning tom qismi yopilmay kelinayotganligi fuqarolarning keskin etirozlariga sabab bo‘layotganligi taʼkidlab o‘tildi. Shu bilan birga Angren shahridagi BSKlar qo‘nimsizligi, Olmaliq shahridagi “Mehribon ona” BSK noqonuniy ravishda yaʼni faoliyati qoniqarsiz bo‘lgan shirkat BSKga o‘zgartirib olinganligi haqida aytib o‘tilib, Toshkent viloyati Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan o‘rganib berilishi haqida aytib o‘tildi.
Umumiy bo‘lim boshlig‘i Sardor Neʼmatxonov tomonidan 2021-yilga nisbatan “mjko.ijro.uz” tizimi orqali kelayotgan xat-hujjatlar soni 3 barobarga oshganligi sababli ijro muddatini buzlishi oldini olish bo‘yicha tuman va shahar bo‘limlari masʼul xodimlariga kerakli ko‘rsatmalar berilib, tizimda muddatini buzayotgan Angren shahar (K.Karimov) 7 ta xat, Olmaliq shahar (B.Sharipov) 8 ta xat, O‘rtachirchiq tumani (Z.Tashxadjayev) 15 ta xat, Qibray tumani (Sh.Ergashev) 14 ta xat, Oqqo‘rg‘on tumani (Q.Davlatov) tizimga umuman kirilmagan, Yuqorichirchiq tumani (J.Normatov) 1 ta xatlarni zudlik bilan ko‘rib chiqib, bajarish ishlarini tashkillashtirish hamda ushbu holat qaytarilgan taqdirda “Hayfsan” intizomiy chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risida shaxsan boshqarma boshlig‘i tomonidan qatʼiy ogohlantirildi.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati