November 14, 2022

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Respublika ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov boshchiligida Angren shahrining chekka hududlaridagi muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlari ko‘zdan kechirildi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-noyabrdagi № 05/1-771-sonli topshirig‘iga muvofiq, Toshkent viloyati Angren shahrining chekka hududlaridagi muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini Rekonstruksiya qilish, qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish orqali joylarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yana-da yaxshilashga qaratilgan tezkor tadbirlarni nazarda tutuvchi Dastur loyihasini tayyorlash bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tashkil etildi.

Respublika ishchi guruhi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tankidiy o‘rganadi va mavjud muammolarni yechimi yuzasidan har bir mahalla kesimida aniq tadbirlarni belgilaydi hamda muammolarni umumlashtirib, Hukumatga taklif kirish vazifasi yuklatildi:

Birinchi – joylarga chiqqan holda aholi va ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminotidagi, ichimlik va oqova suv xizmatlaridan foydalanishdagi muammolarini hal etish;

ikkinchi – elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminotidagi mavjud uzilishlarni barataraf etishga qaratilgan tadbirlarni belgilash hamda aholini qish mavsumidan betalafot olib chikish;

uchinchi - yo‘l-transport infratuzilmasi holatini yaxshilashga qaratilgan aniq tadbirlarni belgilash, aholiga madaniy dam olish uchun sharoitlar yaratish;

to‘rtinchi – ko‘p qavatli uy-joy fondini energotejamkor qurilish Materiallaridan foydalangan holda sifat jihatdan yaxshilash, kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov, vazir o‘rinbosari Qurbon Tursunov, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari Barhayot Meliyev, Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev, ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Doniyor Ahmedov hamda viloyat va shahar korxona-tashkilot mutasaddi rahbarlari “Issiqlik energiyasi” DUK tasarrufidagi mavjud nasos stansiyalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida joyiga chiqildi.

Respublika ishchi guruhi Angren shahrida faoliyat yuritayotgan “Spets polimer montaj sanatsiya” pudratchi tashkiloti tomonidan Loyiha qidiruv ishlari (PIR) amalga oshirilgan nasos qurilmalarining barqaror ishlatilayotganligi hamda ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘zdan kechirishdi.

Jumladan, 5 ta nasos stansiyalarida yumshoq tom qoplamasini mukammal taʼmirlash ishlari yakunlandi.

Transformator (400 kVa – 10 000 volt, 630 kVa 6 000 volt) – 2 ta, KSO 366 rusumli yacheyka – 2 ta, ASB 3x70 rusumli kabel – 3 156 metr, AVVG 3x120+1x70 rusumli kabel – 600 metr, AVVG 3x50+1x70 rusumli kabel – 0,50 km, Nasos elektr dvigateli bilan – 11 dona 5 ta nasos stansiyasi uchun asosiy va yordamchi uskuna vositalari keltirilgan. 4 ta nasos stansiyalarida – 8 ta nasos uskunalari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda (“Loxuti” NS - 2 ta, 4-son NS 2 ta, “Angren NS” 2 ta, STP-9 2 ta) joyga o‘rnatilgan.

“Bo‘linish shohobchasi”dan 5-sonli NSgacha bo‘lgan hududda 1 km (50%) yukori volt kuchlanishi liniyasi tortilgan.

Shuningdek, asosiy nasoslarni bir maromda ishlashini taʼminlash, ulardan foydalangan vaqtda transformatorlarga yuklamalarni ortishini oldini olish, qurilmaga kirayotgan suv sarfi miqdoridan kelib chiqib, nasos uskunasining ishchi parametrlarini rostlash maqsadida “Chastotalarni rostlash” uskunasi ham olib keltirildi.

Nasoslarni zamonaviylariga almashtirish natijasida qurilmada yuzaga keladigan to‘xtalishlarning oldini olishga, texnik jarayonda sodir bo‘ladigan noqulayliklarni bartaraf etishga, issiqlik suv taʼminoti sifatini oshirishga va elektr energiyasi sarfini tejashga erishildi.

Maʼlumot uchun,

“Torsvik construction azia” pudratchi tashkiloti tomonidan quyidagi ishlar bajarilgan:

– D-159, 108, 89, 76, 57 mm o‘lchamli 3,1 km uzunlikdagi issiqlik tizimi montaj qilingan.

“Aktiv master servis qurilish” pudratchi tashkiloti tomonidan quyidagi ishlar bajarilgan:

– D-159, 108, 89, 76, 57 mm o‘lchamli 0,565 km uzunlikdagi issiqlik tizimi montaj qilingan.

“MANO-NOVAPROJECT” pudratchi tashkiloti tomonidan quyidagi ishlar bajarilgan:

D-273, 159, 108 mm o‘lchamli 0,45 km uzunlikdagi issiqlik tizimi montaj qilingan.

5/5 dahasi 26-uydan 32-uygacha 0,1 km uzunlikda bo‘lgan hududdagi issiqlik tarmoqlari yer qazish ishlari va demontaj ishlari amalga oshirildi, 0,140 km montaj qilingan.

Angren shahridagi ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha

MAʼLUMOT

Ko‘p qavatli uylar:

Shaharda 823 ta ko‘p qavatli uy mavjud.

Xonadonlar soni -26 522 ta. Shundan,

2 qavatli 174 ta,

3 qavatli 106 ta,

4 qavatli 491 ta,

5 qavatli 30 ta,

9 qavatli 22 ta.

Xonadonlarning umumiy maydoni 1,434 mln kv.m.

Uylar 1952 – 1997-yillarda qurilgan.

Bugungi kunda shaharda 12 ta boshqaruv servis kompaniyalari tashkil etilgan bo‘lib, 752 ta ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 5 ta UJMSHlar 9 ta uyga, 22 ta uy boshqa tashkilotlar balansida va 62 ta uy o‘zini o‘zi boshqarib keladi.

“Mustaqillik” MFY hududidagi ko‘p qavatli uylar bo‘yicha MAʼLUMOT

Ko‘p qavatli uy- joy fondi:

Shaharda 73 ta ko‘p qavatli uy- joy fondi mavjud.

Xonadonlar soni - 2014 ta. Shundan,

2 qavatli 23 ta,

3 qavatli 13 ta,

4 qavatli 37 ta,

Xonadonlarning umumiy maydoni 99,918 ming.kv.m.

Uy-joy fondi 1952 – 1997-yillarda qurilgan.

Maʼlumot uchun, Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan ko‘p xonadonli uylarning aholisiga issiqlik va ichimlik suv taʼminoti hamda oqova suv xizmatlaridan foydalanish kabi mazkur yo‘nalishlarda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Angren shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi axborot xizmati