September 9, 2022

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Angren shahridagi issiqlik taʼminoti obyektlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga keltirilmoqda

Bosh sahifa | Glavnaya stranitsa

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal boshqarmasi boshlig‘ining topshirig‘iga asosan Angren shahridagi ko‘p qavatli uylarning issiqlik taʼminoti tizimini, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tarmoqlarini yaxshilash, quvvatlarini tiklash hamda issiqlik taʼminoti obyektlaridagi qurilmalarda amalga oshiriladigan rejali taʼmirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish maqsadida, tegishli mutassadi tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator chora-tadbirlar belgilab olingan.

Chora-tadbirlar doirasida 8 ta nasos stantsiyasini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilinmoqda. Xususan:

1. “Oxangaron” ko‘chasidagi №1-sonli nasos stantsiyasining yumshoq tom qismi mukammal taʼmirlandi. Demontaj va o‘rnatish uchun joy tayyorlash ishlari amalga oshirildi. 2 dona d-1250/65 rusumli nasos uskunalari 315 kVt 1500 aylanish/daqiqali elektrdvigateli bilan, hamda 8 ta d-300 mm, 3 ta d-50 mm, 3 ta d-100 mm ochib yopish moslamalari kelitirilgan bo‘lib, o‘rnatish ishlari amalga oshirildi. 2 ta d-700 mm va 1 ta d-500 mm ochib yopish moslamasi olib kelingan.

2. “O‘zbekiston Mustaqilligi” ko‘chasidagi “Kimyogar” nasos stansiyasining demontaj va o‘rnatish uchun joy tayyorlash ishlari amalga oshirildi. 1 dona d-1250/65 rusumli nasos uskunalari 315 kVt 1500 aylanish/daqiqali elektrdvigateli bilan olib kelingan.

3. 5/4 dahasidagi №4-sonli nasos stansiyasining yumshoq tom qismi mukammal taʼmirlandi. Demontaj va o‘rnatish uchun joy tayyorlash ishlari amalga oshirildi. 2 dona d-1250/65 rusumli nasos uskunalari 315 kVt 1500 aylanish/daqiqali elektrdvigateli bilan nasos uskunalari va boshqa yordamchi uskuna vositalari o‘rnatilgan.

4 ta d-300 mm, 2 ta d-350 mm, 7 ta d-250 mm, 1 ta d-200 mm, 2 ta d-50 mm ochib yopish moslamasi, 2 ta d-300 mm qaytuvchi klapan hamda 3 ta avtomat 630 A, 3 ta JD 6, 2 ta KTE-0630 kontaktor,1 ta KTE-400 kontaktor, 3 ta knopka puskatel, 1 ta trans 400/10/0,4kv kvA, 1 ta KSO o‘rnatilgan.

4. 2/2 dahasidagi №5-sonli nasos stansiyasiningyumshoq tom qismi mukammal taʼmirlandi. Demontaj va o‘rnatish uchun joy tayyorlash ishlari amalga oshirildi. 2 dona d-630/90 rusumli nasos uskunalari 315 kVt 1500 aylanish/daqiqali elektrodvigateli bilan va boshqa yordamchi uskuna vositalari olib kelingan. 9 ta d-300 mm, 2 ta d-50 mm, 2 ta d-150 mm, 1 ta d-200 mm ochib yopish moslamalari o‘rnatildi. 2 ta Qaytuvchi klapan o‘rnatilgan. D-300 mm quvurdan 3 m, 3,6 m, 1,15 m va 9 ta qayirma quvur o‘rnatilgan.

5. “G‘uncha” ko‘chasidagi ”Bo‘linish shaxobchasi” nasos stansiyasining yumshoq tom qismi mukammal taʼmirlandi. Demontaj va o‘rnatish uchun joy tayyorlash ishlari amalga oshirildi. 2 dona D 1250/65 SM rusumli nasos uskunalari 315 kv 1500 aylanish/daqiqa elektrodvigateli bilan va boshqa yordamchi uskuna vositalari olib kelingan.

6. “Loxutiy” ko‘chasidagi “Loxutiy” nasos stansiyasining demontaj va o‘rnatish uchun joy tayyorlash ishlari amalga oshirildi. 2 dona D 630/90 rusumli nasos uskunalari 315 Kvt 1500 aylanish/daqiqa elektrodvigateli bilan va boshqa yordamchi uskuna vositalari olib kelingan.

2 dona nasos o‘rnatish ishlari amalga oshirilgan. 5 ta d-250 mm, 4 ta d-300 mm, 1 ta d-200 mm, 2 ta d-100 mm ochib-yopish moslamalari hamda 7 ta qayirma quvur, 3 ta qaytuvchi klapan, 3 m d-300 mm quvur o‘rnatilgan.

7 .“Bogdanovich” ko‘chasidagi “Angren” nasos stansiyasiningyumshoq tom qismi mukammal taʼmirlandi. Demontaj va o‘rnatish uchun joy tayyorlash ishlari amalga oshirildi. 2 dona 630/90 rusumli nasos uskunalari 250 kv 1500 aylanish/daqiqa elektrodvigateli bilan va boshqa yordamchi uskuna vositalari o‘rnatilgan.

11 dona ochib-yopish (d-200 mm – 1 dona, d-250 mm – 4 dona, d-300 mm – 4 dona, d-50 mm – 2 dona,) montaj qilish ishlari amalga oshirildi. 2 ta d-200 mm qaytuvchi klapan, 4ta qayirma quvur o‘rnatilgan.

8. 9-dahadagi “STP-9” nasos stansiyasiningdemontaj va o‘rnatish uchun joy tayyorlash ishlari amalga oshirildi. 2 dona D 320/50 rusumli nasos uskunalari 45 kvt 1500 ayl/daq elektrdvigateli bilan va boshqa yordamchi uskuna vositalari olib kelingan. 2 dona nasos o‘rnatish ishlari amalga oshirilgan. 9 dona ochib-yopish (d-150 mm – 2 dona, d-200 mm – 2 dona, 2 dona qaytuvchi klapan) o‘rnatilgan.

Shuningdek, “MANO-NOVAPROJECT” pudratchi tashkiloti tomonidan 5/5 dahasidagi (2-ta seksiya 26-32, 40-43 uylar) 0,66 km issiqlik tarmoqlari 26-uydan 32-uygacha 0,365 km uzunlikda bo‘lgan hududdagi issiqlik tarmoqlari yer qazish ishlari va 140 m.p. quvurlarni demontaj ishlari amalga oshirildi. 140 m.p. quvurlarningmontaj qilindi.

Oxangaron ko‘chasidan A.Temur ko‘chasi 2a-2b uylargacha bo‘lgan 2,2 km issiqlik tarmoqlari bugungi kun holatiga 0,9 km yer qazish ishlari, 0,6 km demontaj va 0,49 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari montaj ishlari amalga oshirildi.

“Torsvik construction azia” pudratchi tashkiloti tomonidan 3/2 dahasidagi 3,2 km issiqlik tarmoqlari bugungi kun holatiga 2,3 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari mukammal taʼmirlandi.

“Aktiv master servis qurilish” pudratchi tashkiloti tomonidan 2/2 dahasidagi 1 uydan 8 uygacha 0,6 km issiqlik tarmoqlari bugungi kun holatiga 0,565 km issiqlik tarmoqlari mukammal taʼmirlandi.

2/5 dahasidagi 1,09 km issiqlik tarmoqlari bugungi kun xolatida 0,3 km uzunlikdagi issiqlik tizimida yer qazish va 0,3 km demontaj-montaj qilingan.

“SUV-TARAQQIYOT” pudratchi tashkiloti tomonidan: 18 ta issiqlik kamerasida sarf o‘lchovchi qurilmalar, boshqaruv uskunasi qalqoni va quyosh paneli to‘liq o‘rnatilib, ishga tushirilgan. 18 ta issiqlik kamerasida beton qorishmasidan qopqoq tayyorlanib, 18 tasida o‘rnatilgan.

Angren shahridagi ko‘p xonadonli uylarning aholisiga barqaror ravishda issiqlik taʼminoti tizimini, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tarmoqlarini yetkazib berishga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Maʼlumot uchun, Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan ko‘p xonadonli uylarning aholisiga issiqlik va ichimlik suv taʼminoti hamda oqova suv xizmatlaridan foydalanish kabi mazkur yo‘nalishlarda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Matbuot xizmati