Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Chirchiq va Angren shaharlari hududlarida ko‘p qavatli uyning fasad qismi bazalt plitalari bilan qoplanmoqda (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Kuni kecha, Toshkent viloyatining Chirchiq va Angren shaharlari hududlarida namuna sifatida ko‘p qavatli uylarni bazalt plitalari bilan qoplash ishlari boshlangan:
Chirchiq shahridagi “Guliston” MFY, V.Haydarov ko‘chasi ko‘p qavatli 19-uyning (4 qavatli 6 ta kirish yo‘lakli 80 ta xonadon) 2340 kvadrat metr fasad qismi;
Angren shahridagi “Ulug‘bek” MFY, 14-daha ko‘chasi ko‘p qavatli 18-uyning (4 qavatli 6 ta kirish yo‘lakli 48 ta xonadon) 2790 kvadrat metr fasad qismi bazalt plitalari bilan qoplanmoqda.
Mutaxassislarning maʼlumotiga ko‘ra, bazalt plitalari bilan qoplangan uylarda o‘rtacha 30-35 foizgacha energiya samaradorlikka erishish mumkin. Bazaltning samarasi yoz oylarida ham seziladi, havo sovutgich qurilmalariga bo‘lgan ehtiyoj uch baravarga kamayadi, chunki bazalt qishda issiqni, yozda sovuqni nisbatan saqlash xususiyatiga ega.
Bazalt tolali qoplama tashqaridagi shovqinni ham ancha pasaytiradi va odatdagi 30-40 detsibel shovqinni 15-20 detsibelgacha kamaytirishi tajribalarda ko‘p bora isbotlangan. Bazalt plitalari ko‘p qavatli uylarda bir metr balandlikda o‘rnatilyapti. Shuningdek, ustidan maxsus qoplama ham qilinmoqda. Bino fasadini tashqaridan bazalt bilan qoplash – bu dunyoda o‘zini oqlagan amaliyot.
✅ Bu jarayonlar dastlab tashxis qilinadi va bosqichma-bosqich davom ettiriladi. Albatta bu uylar aholining xususiy mulki, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Shu bois bu ishlar dastlab namuna sifatida ko‘rsatilmoqda.
➡️Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Bazalt o‘zi nima? Bu avvalo ekologik material. Bazalt – bu toshning bir turi bo‘lib, uni 1 400- 2000 darajali olovda eritilib, undan tola olinadi va paxta holatiga keltiriladi. Buning afzalligi u avvalo issiq va sovuqni o‘tkazmaydi. O‘ziga nam tortmaydi. Muhimi mog‘or ham, bakteriya ham hosil qilmaydi. Mog‘or aslida issiqlik va sovuqlik to‘qnashgan joyda, yaʼni namlik yuzaga kelishi natijasida paydo bo‘lishini inobatga olish zarur. Ko‘p qavatli uylar devorlarini izolyatsiya qilish natijasida avvalo devorni o‘zi isiydi va natijada ichkari tomonda mog‘or yuzaga kelmaydi. Bazalt tolali qoplama devorga o‘rnatilgach, natija 7-8 kunda sezila boshlaydi. Chunki qoplamadan so‘ng devorni o‘zi ham isib olishi kerak.
Maʼlumot uchun, Chirchiq shahrida jami 914 ta ko‘p qavatli uylar mavjud (215 ta - 2 qavatli 76 ta - 3 qavatli, 508 ta - 4 qavatli, 93 ta - 5 qavatli, 18 ta - 7 qavatli, 1 ta - 9 qavatli, 1 ta - 12 qavatli, 2 ta - 16 qavatli) bo‘lib, 37 462 ta xonadonda 90 920 nafar aholi istiqomat qiladi.
Bugungi kunda shaharda mazkur uylarning 880 tasiga 12 ta boshqaruv servis kompaniyalari xizmat qiladi:
Angren shahridagi ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha
Shaharda 823 ta ko‘p qavatli uy mavjud.
Xonadonlar soni -26 522 ta. Shundan,
Xonadonlarning umumiy maydoni 1,434 mln kv.m.
Uylar 1952 – 1997-yillarda qurilgan.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati