Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva boshchiligidagi “Ishchi guruh” tomonidan Toshkent tumani, “Darxon” MFYda joylashgan 4 ta ko‘p kvartirali uylarning boshqaruv usulini tanlash bo‘yicha “Sayyor uchrashuv” o‘tkazdi
Bosh sahifa | Glavnaya stranitsa
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ-581 son Qonuniga asosan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva hamda Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev boshchiligida “Ishchi guruh” tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Darxon” MFYda joylashgan 4 ta ko‘p kvartirali uyning mulkdorlariga Boshqaruv usulini tanlash bo‘yicha “Sayyor uchrashuv” o‘tkazdi.
“Darxon” MFYda joylashgan 4 ta ko‘p kvartirali uyning mulkdorlari yo‘llangan murojaatlarida ko‘rsatib o‘tilgan har bir uyning kommunikatsiya, tom, yerto‘la, fasad qismlari, obodonlashtirish kabi muammolarni “Ishchi guruh” tomonidan tavsiya etilayotgan “Obod Taʼmir Xizmat” Boshqaruv servis kompaniyasi bartaraf etgan.
Jumladan, 2021-2022 yil mobaynida 4 ta ko‘p qavatli uylarning tom qismi mukammal taʼmirlangan.
Xususan, mavrelat, samares, doska, stropila, konyok, tarnov, profnastil xomashyolar ishlatilgan.
Tavsiya etilayotgan “Obod Taʼmir Xizmat” Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan 1-, 2-, 3-, 4-sonli uylarning tutash yer uchastkalari obodonlashtirilib, yerto‘la qismidagi avariya holatiga kelib qolgan suv oqova tarmoqlarida diametri Ø150 mm, uzunligi 5 metr, 1 ta otvod, 2 ta ventel, bitta troynik diametri Ø150 mm bo‘lgan quvurining qurilish-montaj ishlari olib borildi.
“Ishchi guruh” tomonidan 4 ta ko‘p kvartirali uyning mulkdorlari bilan “Sayyor uchrashuv” o‘tkazildi.
Uchrashuvda dastlab Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva uy mulkdorlari tomonidan ilgari yo‘llangan murojaatdagi tom qismi, yerto‘la, obodonlashtirish, sug‘orish tizimlaridagi hamda Shirkat faoliyati muammolarini bartaraf etilishi bo‘yicha tegishli masʼul rahbar-xodimlarga topshiriq berilgani, uning ijrosi bo‘yicha kelib o‘rganilayotganligini taʼkidlab o‘tdi.
“Sayyor uchrashuv” davomida 4 ta ko‘p kvartirali uyning mulkdorlari oldingi shirkatlar faoliyatidan to‘liq noroziligini bildirishdi.
Natijada, mulkdorlar tomonidan ko‘p qavatli uylarning ayrim tizimlarini taʼmirlash uchun tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda bartaraf etilganligi maʼlum bo‘ldi.
– Endilikda bunday muammolarni bartaraf etishni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida Boshqaruv servis kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklif etildi. Ularning asosiy funksional faoliyati shundan iboratki, Sizlar tomonidan sanab o‘tilgan suv quvurlari, yer to‘la, elektr tarmoqlari, issiq va sovuq suv tarmoqlari, tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish kabi muammoli tizimlarni tartibga solinib, doimo isloh qilinib, boriladi.
Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish hamda ulardan yig‘ilayotgan majburiy badal to‘lov mablag‘larini shaffofligini taʼminlash maqsadida, Vazirlik tomonidan “Mening uyim” Billing tizimi joriy etildi. – dedi, vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev – tegishli tashkilotlar tomonidan PQ-5152 son Qaroriga asosan “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “temir daftari”ga kirgan uy mulkdorlarning ijtimoiy yagona reyestiri shakllantirildi. Kelgusida ushbu reyestirga kirgan mulkdorlarga majburiy badal to‘lovi to‘lab beriladi. – deb, taʼkidlab o‘tdi.
– Qars ikki qo‘ldan chiqadi. O‘zimiz yashayotgan uyning obodligiga o‘zimiz qayg‘urishimiz kerak. Aholi va boshqaruv tashkilotlari o‘z majburiyatlarini vaqtida bajarsa, muammo o‘z-o‘zidan bartaraf bo‘ladi. – dedi, Ozoda Jo‘rayeva.
Muloqot so‘nggida vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berib, shaxsan nazorat qilishini taʼkidladi.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Matbuot xizmati