December 12, 2022

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatayotgan boshqaruv servis kompaniyalarining 24/7 dispetcherlik faoliyatlari Ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022-yil 9-dekabrdagi №03/01-6176-son “Tezkor xabarnoma”si ijrosini taʼminlash maqsadida, Toshkent viloyati “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish” boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev boshchiligidagi Ishchi guruh tomonidan Nurafshon, Ohangaron, Olmaliq shaharlar va Zangiota tumanda boshqaruv servis kompaniyalarining 24/7 ko‘rsatuvchi dispetcherlik shtab faoliyatlari o‘rganilmoqda.

Xususan, ularning shtab xonasidagi nomenklatura hujjat fayllari, telefon apparati, “Fuqarolar murojaati” jurnali, axborot kommunikatsiya texnologiyasi (AKT) imkoniyatlari, хom-ashyo zaxiralari va boshqa masalalar tegishli tartibda ko‘zdan kechirilmoqda.

Toshkent viloyati Zangiota tumani

Toshkent viloyati Zangiota tumanida 102 ta ko‘p kvartirali uylarga 4 ta: “Fayz taʼmirsoz”, “SEMURG NURI”, “SAODAT RIVOJLANISH”, “XAMKOR NUR KOMMUNAL” MCHJ Boshqaruv servis kompaniyalari xizmat qiladi.

Zangiota tumanida 73 ta mahalla fuqarolar yig‘ini ( 35 ming xonadon va 220 ming nafar aholi) mavjud bo‘lib, shundan 12 ta mahallalarda 167 ta ko‘p qavatli uylar (72 ta 2 qavat, 2 ta 3 qavat, 89 ta 4 qavat, 3 ta 5 qavat, 1 ta 9 qavatli) joylashgan.

Toshkent viloyati “Issiqlik manbai ishlab chiqarish boshqarmasi” DUK tassarufidagi Zangiota tumani 2-sonli qozonxona 13 ta ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatib keladi. Bugungi kunda PK–5118-sonli Qaror asosida ushbu qozonxonada rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, 2 ta 5 Mvtli qozon o‘rnatilgan.

Aholini issiqlik egergiyasi bilan taʼminlash maqsadida, eski tipdagi mavjud qozonni kam bosimli gorelkaga moslashtirilib, 30-35 °C gradusda issiqlik berib turilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining topshirig‘iga asosan, ushbu qozonxonaga TXAY bo‘ylab o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuridan alohida tarmoq tortish ishlari tuman gaz bo‘limi ishchi-xodimlari tomonidan olib borilmoqda.

Zangiota tumanida 2022-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida aholi murojaatlari o‘rganilganda, mavjud 102 ta ko‘p qavatli uylardan kelib tushgan 54 ta murojaatlarga asosan 28 ta uyning tom qismida va 26 ta uyning yerto‘la qismida muammolar aniqlangan. Natijasi ijobiy hal etildi.

24/7 ko‘rsatuvchi dispetcherlik xizmati telefon raqami (videomaʼlumot)

Nurafshon shahar

Nurafshon shahrida 110 ta ko‘p kvartirali uylarga 1 ta: “GLOBAL-NURAFSHON-SITY” Boshqaruv servis kompaniyasi xizmat qiladi.

Nurafshon shahrida 22 ta mahalla fuqarolar yig‘ini ( 35 ming xonadon va 220 ming nafar aholi) mavjud bo‘lib, shundan 8 ta mahallalarda 110 ta ko‘p qavatli uylar (58 ta 2 qavat, 4 ta 3 qavat, 29 ta 4 qavat, 3 ta 5 qavat, 14 ta 8 qavat, 2 ta 8 qavatli) joylashgan.

Nurafshon shahrida 2022-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida aholi murojaatlari o‘rganilganda, mavjud 110 ta ko‘p qavatli uylardan 100 ta murojaat kelib tushgan. Natijasi ijobiy hal etildi.

24/7 ko‘rsatuvchi dispetcherlik xizmati telefon raqami ☎️ 99 905-71-29, 55 901-94-04

Olmaliq shahar

Olmaliq shahrida 356 ta ko‘p kvartirali uylarga 8 ta: “Olmaliq kommunal servis”, “Injener ramz”, “Sixat-salomatlik stroy”, “Olmaliq taʼmirlash tiklash boshqaruv”, “BIG SKAN AS PLYS”, “GOLD SERVIS”, “SMART LYUKS BUILD”, “Mamlakat ona kelajak” Boshqaruv servis kompaniyalari xizmat qiladi.

Olmaliq shahrida 51 ta mahalla fuqarolar yig‘ini (25 ming xonadon va 70 ming nafar aholi) mavjud bo‘lib, shundan 48 ta mahallalarda 356 ta ko‘p qavatli uylar (49 ta 2 qavat, 8 ta 3 qavat, 237 ta 4 qavat, 48 ta 5 qavat, 22 ta 7 qavatli) joylashgan.

Olmaliq shahrida 2022-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida aholi murojaatlari o‘rganilganda, mavjud 365 ta ko‘p qavatli uylardan 100 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Natijasi ijobiy hal etildi.

24/7 ko‘rsatuvchi dispetcherlik xizmati telefon raqami:

– “Olmaliq kommunal servis” BSK ☎️ 93 668-37-59;

– “Injener ramz” BSK ☎️ 70 613-44-59;

– “Sixat-salomatlik stroy” BSK ☎️ 94 665-70-30;

– “Olmaliq taʼmirlash tiklash boshqaruv” BSK ☎️ 93 666-18-54;

– “BIG SKAN AS PLYS” BSK ☎️ 99 443-22-83;

– “GOLD SERVIS” BSK ☎️ 94 416-83-06;

– “SMART LYUKS BUILD” BSK ☎️ 70 673-35-15, 93 616-09-37;

– “Mamlakat ona kelajak” BSK ☎️ 99 272-22-83.

Ohangaron shahar

Ohangaron shahrida 191 ta ko‘p kvartirali uylarga 4 ta: “Ohangaron kelajak zamin”, “Ohangaron muxtasham uy”, “Sardorbek Sarvarbek kelajak qurilish”, “Kelajakk kompanyasi” Boshqaruv servis kompaniyalari xizmat qiladi.

Ohangaron shahrida 15 ta mahalla fuqarolar yig‘ini ( 8043 ming xonadon va 160 ming nafar aholi) mavjud bo‘lib, shundan 15 ta mahallalarda 191 ta ko‘p qavatli uylar (39 ta 2 qavat, 117 ta 4 qavat, 25 ta 5 qavat, 10 ta 7 qavatli) joylashgan.

Ohangaron shahrida 2022-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida aholi murojaatlari o‘rganilganda, mavjud 191 ta ko‘p qavatli uylardan 51 ta murojaat kelib tushgan. Natijasi ijobiy hal etildi.

24/7 ko‘rsatuvchi dispetcherlik xizmati telefon raqami:

– “Ohangaron kelajak zamin” BSK ☎️70 645-53-53;

– “Ohangaron muxtasham uy” BSK ☎️ 70 645-10-30;

– “Sardorbek Sarvarbek kelajak qurilish” BSK ☎️ 70 645-10-30;

– “Kelajakk kompanyasi” BSK ☎️ 70 645-36-63.

ESLATMA: Ishchi guruh tomonidan boshqaruv servis kompaniyalarning 24/7 dispetcherlik shtab faoliyatlarini o‘rganish davom etmoqda.

FOTOLAVHALAR

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati