April 19, 2023

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi: Yangiyo‘l tumanida 118 ta ko‘p kvartirali uylarga “Mumtoz Servis Yangiyo‘l tumani” boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatib kelmoqda  (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “O‘zbekiston bekati”, “Gulbaxor”, “Navbaxor”, “Ko‘kalamzor”, “Axil ”, “Xalkobod”, “Xo‘jaobod”, “Umid”, “Shodlik”, mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida joylashgan 118 ta ko‘p qavatli uylardan 3 428 ta xonadonga “Mumtoz Servis Yangiyol tumani” boshqaruv servis kompaniyasi 2021-yil may oyidan xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

“Shodlik” MFY, Samarqand ko‘chasi №26, №30, №32, “Ko‘kalamzor” MFY Yoshlik ko‘chasi №6, №8 “Gulbaxor” MFY Sh.Rashidov ko‘chasi №1, №7, №9, №10 №11, №13 va №31 ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklariga 280 ta dona harakat chiroqlari (datchik dvijeniya) o‘rnatildi.

“O‘zbekiston bekati” MFY hududida, “Gulbaxor” MFY Sh.Rashidov ko‘chasi №8, №1a,№2a ko‘p qavatli uylar, “Shodlik” MFY Samarkand ko‘chasi №49 ko‘p qavatli uy, “Navbaxor” MFY Gulbaxor ko‘chasi №18 uylarda 2480 p/m Ø100 yotiq suv oqava quvurlari plastik quvurlarga almashtirildi.

Aynan shu hududlarda 1640 p/m diametri Ø100 va Ø32 tik suv oqava va suv quvurlari almashtirildi. Uylarning fasad qismilari joriy taʼmir qilinmoqda.

FOTOLAVHALAR

Yangiyo‘l tuman Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi axborot xizmati