November 8, 2022

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: “Texnopark” MCHJ tomonidan o‘quv seminar o‘tkazildi (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi PQ–4563-son “O‘zbekiston Respublikasining 2020–2022-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2019-yil 1-maydagi PQ–4302-son “Sanoat kooperatsiyasini yana-da rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan “Texnopark” MCHJ tomonidan bir qator yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirib kelinmoqda.

Toshkent viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi “Texnopark” MCHJ vakillari bilan ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatish organlari hamda ko‘p kvartirali uylarni qurilish-taʼmirlash sohasi ishchi-xodimlarning uchrashuvlari tashkillashtirildi.

Seminarda mutaxassislar tomonidan “Texnopark” MCHJ servis markazi faoliyati bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berildi.

Jumladan, “Texnopark” MCHJ hududi 103 gektar maydonga ega bo‘lib, jami 17 ta loyihaasosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirgi kunga kelib, “Texnopark” MCHJ hududi 12 ta loyiha asosida ishlab chiqarish zavodlari ishga tushirilgan:

‒ suv nasoslarini ishlab chiqarish;

‒ issiq suvli po‘lat qozonlarni ishlab chiqarish;

‒ savdo muzlatgich va sovutgichlar;

‒ maishiy sovutgichlarni ishlab chiqarish;

‒ panel radiatorlar ishlab chiqarish;

‒ bazalt toshli izlolyatsiya mahsulotlarini ishlab chiqarish;

‒ HPL panellar ishlab chiqarish;

‒ Shtamlash va pres forma mahsulotlarini ishlab chiqarish;

‒ Furnitura va aksessuar mahsulotlarini ishlab chiqarish;

‒ Metall konstruksiyalar va sendvich panellar ishlab chiqarish;

‒ Mis quvurlari va mis mahsulotlari;

‒ Polimer mahsulotlar;

‒ Transport logistika markazilari.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

VIDEOLAVHA

PREZENTATSIYA

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati