Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Boshqarma boshlig‘i boshchiligida viloyatda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish faoliyati yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi (Foto+video)
Bosh sahifa | Русский язык
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarma boshlig‘i Sardor Ubaydullayev kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ–5152-sonli qarorning 2-3-ilovasi, markaziy issiqlik tizimi, “Ijro.gov.uz” tizimida, kommunal sohaga oid jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda “Mening uyim” billing tizimini ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati qoniqarli beshta viloyatlar qatoriga kirolmayotganligini tanqid qildi.
Kommunal sohada amalga oshirilgan ishlar natijadorligi, Prezident Farmonlari bilan tasdiqlangan Davlat dasturlari hamda qarorlarida belgilangan topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning bugungi kundagi holati qoniqarsiz baholanayotganligini taʼkidlab o‘tdi.
Shuningdek, viloyat bo‘yicha mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biri ekanligi hamda Hukumat tomonidan belgilangan topshiriqlarda ortda qolayotgan masalalar ijrosini jadallashtirish lozimligini alohida to‘xtalib o‘tdi.
Viloyatning shahar va tumanlarida shartnoma asosida ishlayotgan ayrim ishchi-xodimlar yetarli daraja ish tashkil eta olmaganliklari yoki o‘zlariga yuklangan vazifalarga masʼuliyatsizlik bilan yondashayotganliklari natijasida Davlat dasturlarida belgilangan ko‘rsatkichlar bajarilmay kelayotganligini aytib o‘tdi.
Markaziy issiqlik tizimiga ulangan ko‘p kvartirali uylarnining ichki issiqlik tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash
Yig‘ilish davomida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Mansur Hudayqulov so‘zga chiqib, 2022-yil issiqlik taʼminoti sohasida ko‘p kvartirali uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, berilgan topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning bugungi kundagi holati, mavjud muammolar, bajarilishi lozim bo‘lgan eng muhim yo‘nalishlar va ustuvor vazifalar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari markaziy issiqlik tizimiga ulangan ko‘p kvartirali uylarnining ichki issiqlik tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash va undan foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish kommunal sohadagi eng muhim yo‘nalishlardan biri sanalishi to‘g‘risida taʼkidlab o‘tdi.
Xususan, Markaziy issiqlik tizimiga ulangan ko‘p kvartirali uylarning issiqlik tizimini bosim ostida yuvish bo‘yicha Chirchiq shahrida 563 ta uydan 485 tasi (86%), Olmaliq shahar 636 ta uydan 382 tasi (60%), Yangiyo‘l shahar 70 ta uydan 37 tasi (53%), Qibray tumani 45 ta uydan 5 tasi (11%), ishlar to‘liq amalga oshirilmasdan o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.
Ko‘p kvartirali uy-joy fondi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar
Boshqarma boshlig‘i Sardor Ubaydullayev yig‘ilish davomida 2022-yil III chorak yakuni bilan ko‘p kvartirali uy-joy fondi sohasida Prezident Farmonlari bilan tasdiqlangan Davlat dasturlari hamda qarorlarida belgilangan topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning bugungi kundagi holati, mavjud muammolar, bajarilishi lozim bo‘lgan eng muhim yo‘nalishlar va ustuvor vazifalar to‘g‘risida so‘zladi.
Bugungi kunda viloyat bo‘yicha jami 4 929 ta ko‘p kvartirali uylar mavjudligi, ularga 23 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari va 72 ta boshqaruvchi tashkilotlar xizmat ko‘rsatib kelishini sanab o‘tdi.
23 ta ko‘p kvartirali uylar shirkatlarda (“og‘ir” toifadagi shirkatlar tasarrufida 113 ta), 4365 mingtasi esa boshqaruvchi tashkilotlar tasarrufida, 27 tasi o‘zini-o‘zi boshqarishda va 339 tasi boshqa tashkilotlar balansida ekanligi ta'kidlandi.
Hozirda 23 ta shirkatlarning 13 tasi “og‘ir” (113ta uylar), va 10 tasi “yaxshi”(85 ta uylar) toifadagi shirkatlarni tashkil etishi, o‘tkazilgan tahlil va monitoring natijalariga ko‘ra yil boshidan bugungi kunga qadar boshqaruv usulini tanlamagan ko‘p kvartirali uylar soni 27 tani tashkil qilishini aytib o‘tdi.
Bundan tashqari,Bo‘ka, Piskent, O‘rtachirchiq, hamda Qibray tumanida boshqaruv servis kompaniyalari tashkil etilgan bo‘lsada, bo‘lim rahbarlari tomonidan boshqaruv servis kompaniyalari xizmat ko‘rsatayotgan mulkdorlardan majburiy badal to‘lovlarini undirish, “Mening uyim” billing tizimiga mulkdorlarni biriktirish ishlari nazorat qilinmasdan o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, viloyat bo‘yicha “Mening uyim” tizimi orqali hududlarda yig‘ilgan majburiy badallar “Mening uyim” billing tizimi orqali kelib tushgan mablag‘lar bilan solishtirganda, Chirchiq 39%, Yangiyo‘l 31%, Ohangaron 36%, shaharlar va O‘rtachirchiq 2%, Bo‘stonliq 2%, Qibray 9%, Parkent 15%, Toshkent 45%, Chinoz 26%, Yuqorichirchiq 33 %tumanlarida billing tizimi orqali majburiy badal tushumlari aylanmasi juda past ko‘rsatkichda ekanligi bu borada ham shahar, ham tuman bo‘limi boshliqlari ishlarni reja asosida tashkillashtirilmaganligi maʼlum qilindi.
“Ijro.gov.uz” yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlash bo‘yicha
Yig‘ilish davomida boshqarmaning Umumiy bo‘lim boshlig‘i Sardor Neʼmatxonov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorining hududiy boshqarmalar tomonidan bajarilishi hamda “Ijro.gov.uz” yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlash to‘g‘risida hisobot berib o‘tdi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida
Kun tartibidagi navbatdagi masala bo‘yicha Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi Xumora Pardayeva so‘zga chiqib, 2022-yil boshidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida hisobot berdi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi va tizimdagi tashkilotlarga joriy yil davomida jami 1082 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 1012 tasi ijrosi taʼminlangan, 7 tasi muddati o‘tib bartaraf etilgan, 70 tasi jarayondaligi haqida aytib o‘tildi.
Mening uyim billing tizimi bo‘yicha
Shundan so‘ng, kun tartibidagi navbatdagi masala bo‘yicha Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘limi bosh mutaxassisi Otabek Maxmudov so‘zga chiqib, 2022-yilda kommunal sohaga axborot texnologiyalari (AKT) joriy etilishining bugungi kundagi holati to‘g‘risida hisobot berdi.
Viloyat hududlaridagi ko‘p kvartirali uy-joylarning xonadonlar maʼlumotlari bazasini avtomatik shakllantirish bo‘yicha Ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga bog‘langanligi hamda yagona manzillar reestri bilan integratsiya qilinib, axborot tizimlariga ulanganligi hamda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashgan platforma orqali jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish maqsadida texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilib, tasdiqlanganligi hamda billing tizimi Markaziy bankning kliring “MUNIS” tizimiga integratsiya qilinib, majburiy badallarni tijorat banklari kassalaridan qabul qilish imkoniyati yaratilganligiga to‘xtalib o‘tdi.
2022-yilda kommunal sohada amalga oshirilgan ishlar natijadorligi, Prezident Farmonlari bilan tasdiqlangan Davlat dasturlari hamda qarorlarida belgilangan topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning bugungi kundagi holati, mavjud muammolar hamda bajarilishi lozim bo‘lgan eng muhim yo‘nalishlar va ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini so‘zsiz taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasidan kelib chiqib ishlar tashkillashtirish belgilab berildi.
Yig‘ilish yakunida, shahar va tuman bo‘limi boshliqlari joriy yil 15 oktyabriga qadar qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish, “kunbay” tizimini joriy qilgan holda barcha yo‘nalishlar yuzasidan amalga oshiriladigan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar olindi.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati