Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Chirchiq shahar, Nur mahallasida joylashgan Kimyogar bog‘ida “Ommaviy sayyor qabuli” o‘tkazildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o‘rgangan holda joyida, tezkor hal etish maqsadida Xalq qabulxonalari, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va energetika kompleksidagi vazirliklar, idoralar, shahar-tuman hokimliklari va hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 2022-yil 28-sentabr kuni Chirchiq shahar, Nur mahallasida joylashgan Kimyogar bog‘ida “Ommaviy sayyor qabuli” o‘tkazildi.
Qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Alisher Usmanov, Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Abduhalim Xolmaxmatov va Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Barxayot Meliyev, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi apparat boshqaruvi rahbari Zulxumor Xamraxodjayeva, Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev, ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Azlarjon Sadikov hamda viloyat va shahar korxona-tashkilot mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.
Ommaviy sayyor qabulida aholini qiynab kelayotgan kommunal tizimidagi masalalar va yashash sharoitini yaxshilash yuzasidan muammolar bo‘yicha 25 ta murojaat kelib tushgan.
Xususan, Azizjon Turdiyev, Nazila Djadilova, Velena Uchayeva, Tamsiya Babina, Arzi Muhammadiyeva, Alisa Aysarova, Muhayyo Axmedova, Eldor Shermatov va boshqa ko‘p kvartirali uylarning mulkdorlari tomonidan “BSK faoliyatidan norozilik bo‘yicha”, “Tom qismi taʼmirtalabligi”, “Issiqlik tizimi quvurlari tartib bilan sifatli qilinmaganligi”, “Ichimlik suvi bosimi pastligi”, “Tom qismini taʼmirtalabligi” kabi mavzularda berilgan muammoli savollariga mutasaddi tashkilotlardan tegishli javoblar olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sadikov Azlar Alimjanovich va Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Toshkent viloyati hududiy inspeksiyasi rahbari Axmedov Doniyor Ziyavutdinovichlar tomonidan Kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazilishi va kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni bartaraf etilishi yuzasidan aholidan jami 16 ta og‘zaki hamda yozma ravishdagi murojaatlar qabul qilinib, fuqarolar tomonidan ko‘p xonadonli uylar va ko‘p xonadonli uylarga tutash bo‘lgan yer maydonlarini obodonlashtirilishi borasidagi muammolar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.
Ushbu tashkil etilgan “Ommaviy sayyor qabul” natijasida aholilar tomonidan qilingan murojaatlar natijasiga ko‘ra, 6 ta Chirchiq shahar MCHJ shaklidagi Boshqaruv servis kompaniyalari va UJMSH rahbarlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va biriktirilgan hududda vujudga kelgan muammolarga yo‘l qo‘yganlik yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 159 moddasi 1 va 2 qismlari bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Yurtimizda halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iborat. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash borasida asos solgan yangi tizim — ijtimoiy adolatni taʼminlash borasida o‘zbekona hayot falsafasi va milliy davlatchilik maktabiga xos barhayot anʼanalarning yangi taraqqiyot bosqichi bo‘lishi bilan birga, mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish yo‘lidagi strategik maqsadlarga erishishning qudratli vositasiga aylanmoqda.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati