Ma'rifat soati
Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti talabalar bilan ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida ularni mustaqil fikrlaydigan, hayotiy maqsadlariga intiluvchan shaxslar etib tarbiyalash maqsadida navbatdagi ma’rifat darsi bo’lib o’tdi.
Navbatdagi mashg‘ulotda O’zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi o’qituvchisi f.f.b.f.d(PhD) Nuritdinova Shahnoz Sadridinovna tomonidan “O’zbek tili bayrami kuni” mavzusida olib borildi. Unda Filologiya fakultetining 6-1JUR-25, 6-1KL-25, 6-1TOJ-25 va 6-1AXJA-25 guruh talabalari ishtirok etdilar.
Dars davomida talabalarga O‘zbek tili xalqning ko‘p asrlik tarixi, ma’naviy-madaniy merosi, adabiyoti hamda qadriyatlarining poydevori sifatida qaralgani borasida ta’kidlab o’tildi. Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989-yilning 21-oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.
Undan tashqari talabalar bilan birgalikda bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda o’zbek tili borasida qanchalik e’tibor berilishi va e’tibor qaratilmasligi to’g’risida fikrlar aytib o’tildi. O‘zbek tilini onlayn platformalarda, raqamli texnologiyalarda, sun’iy intellekt tizimlarida keng joriy etish, ilmiy lug‘atlar va o‘quv markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish zaruriyati ta’kidlanadi. Talabalar bilan savol-javob ham tarzida ishtirok etdilar.
Mazkur ma’rifat darsi davomida talabalar qiziqtirgan savollarga javoblar ham olishdi. Undan tashqari talabalarga “O’zbek tili bayrami” munosabti bilan video roliklar namoyish etildi. O’zbek tilini yuksalishi va ravnaqi bugungi yoshlar qo’lida ekanligi ta’kidlandi.