Aleksandr Sergeyevich Pushkin buyusti poyga gul qo`yildi.
2025-yilning 5-may sanasida Buxoro davlat universitetida yangi rus adabiyotining realistik yo‘nalishiga asos solgan ulug‘ rus adibi, dramaturg, nasr yozuvchisi, adabiyot tanqidchisi, nazariyachisi, tarixchi, publisist,XIX-asr birinchi yarmining eng obro‘li adabiyot arboblaridan biri Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 226 yilligi munosabati bilan shoir buyusti poyiga gul qo`yildi.
Pushkin yaratgan asarlar – lirik she`rlar, dostonlar, ertaklar, dramatik asarlar, hikoyalar, qissalar, romanlarning hamasi vaqt sinovidan muvaffaqiyat bilan o`tdi. Chinakam san`at asari zamonlar o`tishi bilan qarimas, aksincha, har qaysi zamonda avval uncha ko`zga tashlanmagan yangi qirralari jilolanib yasharib borar ekan. Pushkinning qay bir asarini o`qimang, ular xuddi kechagina yozilgandek tuyuladi. Shuning uchun ham bugungi kunda bu asarlar har qanday sarhadlardan oshib o`tib, dunyoning hamma go`shalariga yetib bordi. Bugungi kunda Pushkin Yevropava Osiyoda, Afrika va Avstraliyada ham, Shimoliy va Janubiy Amerika qit`alarida ham kitobxonlarning eng sevimli yozuvchilaridan biri bo`lib qolgan.
Bugun dunyodagi yuzlab xalqlar qatori o`zbek xalqi ham Pushkinni o`zlarining sevimli ijodkorlari sifatida sevadi va uning asarlarini qayta-qayta o`qishdan charchamaydi. Undan o`z milliy adiblari kabi faxrlanadi, asarlaridan bahramand bo`ladi. Buning sababi shundaki, Pushkin o`z davrining eng ilg`or g`oyalarini yuksak mahorat bilan ifodalay olgan. U rus milliy shoiri bo`lgani holda umuminsoniy haqiqatlarni hayqirib kuylagan edi. Albatta, Pushkin buyuk shoir sifatida har qaysi o`ziga xos, bir-birini takrorlamaydigan ijodiy olamni yaratgan.
Tadbirda BuxDU rahbariyati: prorektorlar, bo`lim boshliqlari, fakultet dekanlari, professor-o`qituvchilar, filologiya fakulteti talabalari va mehmonlar ishtirok etdi. Yig`ilganlar Aleksandr Sergeyevich Pushkin shaxsiyatiga doir fikrlarni bildirdilar. Talabalar shoirning she`rlaridan yod aytdilar.