Kurash
June 3

Prokuror Kubogi

Prokuror Kubogi bugun Transport universitetida kurash bo‘yicha o‘tkazildi

📅 Sana: 3-iyun, 2025
📍 Joylashuv: O‘zbekiston davlat transport universiteti
Bugun O‘zbekiston davlat transport universitetida “Prokuror Kubogi” doirasida kurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Ushbu sport tadbiri yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, milliy sport turlariga qiziqishni oshirish hamda huquqiy madaniyatni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Hakamlar:

Kulmatov Begzod Rustamovich – bosh hakam

Iskandarov Jamol Isokulovich

Rustamov Erbol Nasimovich

🥇 Milliy kurash bo‘yicha:

  • Yigitlar o‘rtasida:
    Yuldashev Alisher – "Eng yaxshi kurashchi"
  • Qizlar o‘rtasida:
    Muxtorova Odina – "Eng yaxshi ayol kurashchi"

🥋 Kurash bo‘yicha:

  • Yigitlar o‘rtasida:
    Mamatmetov Sayyodbek – "Eng yaxshi kurashchi"

Musobaqada universitetning turli fakultetlaridan yig‘ilgan talabalar ishtirok etishdi. Kurash bahslari shiddatli va murosasiz tarzda o‘tdi, ishtirokchilar o‘z mahoratlari va jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etishdi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar Prokuratura organlari vakillari tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G‘olib sportchiga esa faxriy “Prokuror Kubogi” topshirildi.