Streetbol
June 3

Prokuror Kubogi

Prokuror Kubogi doirasida streetbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi"

📅 Sana: 3-iyun, 2025
📍 Joy: O‘zbekiston davlat transport universiteti
O‘zbekiston davlat transport universitetida o‘tkazilgan “Prokuror Kubogi” doirasida talabalar o‘rtasida streetbol (3x3 basketbol) musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu sport bahsi yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jamoaviylikni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada yigitlar va qizlar jamoalari ishtirok etishdi. Bahslar yuqori kayfiyatda va sport ruhida o‘tdi.

🧑‍⚖️ Musobaqa hakamlari:

  • Kuchina Lyudmila Viktorovna
  • Medunitsa Stepan Anatolevich
  • Medunitsa Vera Vladimirovna

🏅 Nominatsiyalar g‘oliblari:

  • "Eng yaxshi o‘yinchi" (yigitlar): Boqanov Timur
  • "Eng yaxshi o‘yinchi" (qizlar): G‘ulomova Samira

Musobaqa yakunida eng yaxshi o‘yinchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va sport muhitini yanada jonlantirdi.