tourism
December 29, 2020

Travelling - Sayohat qilish

Siz umringiz davomida qanchadan - qancha qiziqarli voqealarning guvohi bo`lasiz, mushkul bo`lgan vazifalarni amalga oshirasiz, do`stlar davrasida vaxtingizni o`tkazasiz. Lekin biron marta o`zingizdan so`rab ko`rganmisiz oxirgi marta o`zim uchun qaysi yangi hududga bordim, odatiy hayot tarzimda o`zgarishlr qilib hali men eshitmagan ko`rmagan joylar ko`p shulardan nechtasini yaqinlarim bilan birga borib ko`rganman deya savol berib ko`rganmisiz. Yo`q albatta. Biz o`zimizni qoliplar ichiga solib 4tomonga ham qimirlay olmaydigan qilib bog`lanib olganmiz. Ya`na o`zimizcha hayot qiyinlashib ketyapdi deya noliymiz. Lekin yangiliklarga qiziqmaymiz, ko`proq bilim o`rganishni o`zimiz uchun mushkul bir jumboq sifatida ko`ramiz, dunyoning biz bilmagan sirlarini kashf qilishdan o`zimizni olib qochishga harakat qilamiz va buni mohirlik bilan "Dunyoda yaratilmagan uskuna qolmadi shuncha olimlar turganda menga yo`l bo`lsin, menga sayohatni kim qo`yibdi u faqat boylarga yarashadi" amalga oshiramiz, bular orqali biz atrofdagilarga dangasa va oddiy odam ekanligimizni isbotlaymiz. Sizlarga buyuk insonlar doim takrorlaydigan mashxur so`zlarni keltirib o`taman. Boy bo`lmoqchimisiz unda hech kim qilmagan ishni qiling, atrofingizdagilar bormagan joylarga boring, qadimiy va hozirgi zamon kitoblarini izlaning!!!

Sayohat shinavandasi

2020.12.29