“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi yoshlarga oʻzgacha ruh bagʻishladi
“Adolat” SDPning Saylovoldi dasturida yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yosh avlodning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yoshlarning eng dolzarb muammolarini faol va samarali yechish, ularga har tomonlama yordam koʻrsatish, yoshlar tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, kelajak avlodning turmushi va taʼlim olish sharoitlarini yaxshilashga oid aniq vazifalar, maqsadlar belgilab olingan.
Ahamiyatlisi, joriy yilning 11-sentyabr kuni davlatimiz rahbarining Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va unda ilgari surilgan maqsad va vazifalarda mamlakatimiz rivoji va xalqimiz farovonligini taʼminlashga qaratilgan bir qancha muhim yoʻnalishlar qatorida yoshlar masalasiga ham katta eʼtibor qaratilgani partiyaning oʻz oldiga belgilab olgan maqsad va vazifalarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishda yangi imkoniyatlarni yaratib berdi.