Tumar Venture Fund loyihasidan qiymati 500 ming AQSH dollarigacha boʻlgan startaplar tanlovi
Umumiy maʻlumotlar
Tumar Venture Fund (WHC Tech Ventures nomi bilan roʻyxatdan oʻtgan) texnologik startap ekotizimini qoʻllab-quvvatlash uchun investitsiyalar uchun arizalarni qabul qilmoqda.
Jamgʻarmaning maqsadi innovatsion, texnologik va IT-kompaniyalarni A, B, C bosqichlarida moliyalashtirish va rivojlantirishda yordam berishdan iborat.
Tumar Venture Fund FinTech, E-commerce, EdTech, HealthTech, AgriTech, LogiTech va boshqa istiqbolli sohalarda qozoq va xorijiy startaplarga 50-500 ming AQSH dollarigacha sarmoya kiritadi.
Tanlovda barcha davlat fuqarolari oʻz loyihasi bilan qatnashishi mumkin.
Tumar Venture Fund ICRAP tomonidan amalga oshirilayotgan va Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan “Mahsulotli innovatsiyalarni ragʻbatlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan. Jamgʻarmaning boshqaruv kompaniyasi — ICRAP tomonidan Jahon banki tartiblari doirasida tanlov asosida tanlab olingan White Hill Capital Ltd.
Jamgʻarmaning maqsadli hajmi 50 million dollargacha boʻlib, 8 yildan beri faoliyat yuritadi.
Tanlov haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Mazkur tanlovda barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin;
- Dunyoning istalgan davlatida tuzilgan startaplar bilan ishtirok etish mumkin;
- Startaplar BMT ning Barqaror Rivojlanish Dasturi qoidalariga va Qozogʻiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmasligi kerak;
Tanlovga yuborilayotgan loyiha quyidagi sohalardan birida boʻlishi kerak:
Muvofiqlik talablari (eligibility requirements) haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.
Foydali tomonlari
- Tanlov gʻolibi boʻlgan startap/kompaniyalarga 50-500 ming AQSH dollarigacha boʻlgan miqdorda investitsiya kiritiladi.
Tanlovning foydali jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali oʻqish mumkin.
Hujjat topshirish
- Tanlovda qatnashish uchun maxsus ariza shaklini toʻldirish kerak;
- Ushbu havola orqali ariza shaklini toʻldirish mumkin.
Ariza shaklida quyidagi maʼlumotlarni yozish kerak:
- Ism-familiya;
- Telefon raqam, elektron manzil;
- Kompaniya/startap nomi;
- Kompaniyaning qaysi bosqichda ekanligi (pre-seed, seed, late-seed etc)
- Kompaniya roʻyxatdan oʻtgan davlat;
- Kompaniyaning oylik daromadi;
- Jamgʻarmadan kutilayotgan investitsiya miqdori.
Tanlovga ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali oʻqish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
- Tumar Venture Fund jamgʻarmasi tomonidan oldin sarmoya kiritilgan kompaniyalar haqida ushbu havola orqali oʻqish mumkin;
- Tanlov bilan bogʻliq qoʻshimcha savol va takliflarni [email protected] emailiga yuborish mumkin.