November 21, 2023
Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi?
✅ Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq toʻlanadigan ishlarda ishlashi mumkin.
Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq.
Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy taʼlim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashga ruxsat etiladi.
Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.