Ilmiy-amaliy konferensiya
2022 yil 15 noyabr kuni Bosh prokuratura Аkademiyasida sud va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot konsorsiumi doirasida “Yosh olimlar minbari” rukni ostida “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini yanada takomillashtirishning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʼlib oʼtadi.
a) “Yurdik fan – ta’lim va huquqni qo’llash amaliyotining uzviy bogʼliqligini taʼminlash masalalari”
b) “Huquqiy muammolarni hal qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy qarashlar va ularni qonunchilikda mustahkamlash masalalari” mavzularida olib boriladi.
Konferensiya yakuni boʼyicha “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini yanada takomillashtirishning dolzarb muammolari” mavzusida maqolalar toʼplami nashr etilishi koʼzda tutilgan, unda ishtirok etish uchun ilmiy maqola va tezislarni joriy yilning 15 noyabriga qadar (O’.X.Abduolimov (tel.:+998911213163 @ProAcademy2022) telegram raqamiga elektron shaklda yuborilishi soʼraladi.