#yangilik
Radjapov Azamat va Gaffarova Shaxnozaning dissertatsiyalari muhokama qilinadi
Toshkent davlat yuridik universitetida 2022-yilning 23-dekabr kuni soat 14.00 da universitet 3-o‘quv binosi Kengash xonasi (234-xona)da ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zolarining yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
• Ilmiy seminar majlisi kun tartibiga Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchilari Radjapov Azamat Xudaynazarovichning “Davlat organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy jihatlari” mavzusidagi yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi bo’yicha
• hamda Gaffarova Shaxnoza Nuritdinovnaning “O‘zbekistonda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ta’minlashning nazariy-huquqiy masalalari” mavzusidagi yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha yozilgan doktorlik dissertatsiyalari muhokamasi kiritilgan.