September 16, 2022

"Yoshlar o‘rtasida qadriyatlar va me'yorlar transformatsiyasi" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan “Yoshlar o‘rtasida qadriyatlar va me'yorlar transformatsiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiya quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
1. Zamonaviy yoshlar qadriyatlari va jamiyat boshqaruvi.
2. Oila zamonaviy yoshlar qadriyatlari tizimida.
3. Bolalar va yoshlar o’rtasida deviant xulq-atvor namoyon bo‘lish sabablari va profilaktikasi.
4. Gender tenglik va zamonaviy qadriyatlar.

Ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi tartibi: Konferensiya 2022-yil 28-oktabr kuni soat 10.00 dan 18.00 gacha Yoshlar ijod saroyida (Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mustaqillik ko‘chasi 2-uy), shuningdek, Zoom onlayn platformasi orqali o‘tkaziladi. Anjuman gibrid formatda (onlayn va oflayn) bo‘lib, unda dunyoning yetakchi universitetlari olimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, yosh olimlar (doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda magistrlar va bakalavrlar) ishtirok etadilar.

Ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilarining ilmiy maqolalari quyidagi talablar asosida qabul qilinadi:
1. Ilmiy maqolalar konferensiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo‘lishi, zamonaviy tadqiqot metodologiyasidan foydalangan holda olib borilgan, tugallangan g‘oyalarga asoslangan, tegishli taklif va tavsiyalar bilan o‘ziga xos ilmiy tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olishi lozim;
2. Ilmiy maqolalar sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan kamida bitta taqriz bilan qabul qilinadi;
3. Ilmiy maqolalar matnlari A4 qog‘ozda yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm masofada tuziladi. Bir nusxada bajarilishi kerak. Maqola sarlavhasi bosh harflar bilan, 1,5 intervaldan keyin muallifning to‘liq ismi-sharifi, 1 intervaldan keyin tashkilot (ish yoki o‘qish joyi) va shahar nomi yoziladi. Keyin 1,5 intervalda bo'sh joy qoldiriladi va matn mazmuni bir-biridan 1,5 qator masofada yoziladi.
4. Maqolalarning qisqacha annotatsiyasi 6-8 qatordan oshmasligi kerak. Tadqiqot muammosi tavsiflanganda uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini tushuntirishda foydalanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, maqolaning to'liq mazmuni uchun muallifning ilmiy va amaliy hissasi haqida qisqacha ma'lumot taqdim etiladi.
5. Kalit so‘zlar maqolaning mazmuni va maqsadini qisqacha tavsiflovchi so‘zlar (8-12 so'z) bo‘lib, maqolada alohida ko‘rsatilishi kerak.
6. Jadvallar, diagrammalar va grafiklar maqola matnida joylashgan bo'lishi, o'qish va tushunish uchun qulay bo'lgan va raqamlangan sarlavhalar va aniq belgilangan ustunlarga ega
bo‘lishi kerak. Ulardagi ma'lumotlar matndagi raqamlarga mos kelishi kerak, lekin undagi ma'lumotlarni takrorlamasligi kerak. Jadvallarga havolalar matnga kiritilishi kerak.
7. Maqolaning oxirida muallif, unvon, nashriyot, chop etilgan yili, fikr olingan yoki asos qilib olingan sahifa va belgilangan tinish belgilari ko‘rsatilgan holda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.
8. Matnning elektron nusxasi MS Word formatida, Times New Roman shriftida tayyorlanishi kerak, hajmi 14 kegel va kamida 15 sahifa va o'rtacha 20 sahifagacha. Maqolaning elektron nusxasi (RTF) va skanerlangan nusxasi (PDF) taqriz imzosi bilan [email protected] elektron pochta manziliga yuborish kerak.
9. Konferensiya materiallarini 2022-yil 26 avgustdan 5 oktyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkiliy qo‘mitasiga (I.Karimov koʻchasi, 45-uy, Toshkent) [email protected]. elektron pochta manziliga yuborish kerak. Ilg‘or g‘oyalarga ega bo‘lgan maqolalar Ilmiy konferensiya materiallari to‘plamida chop etiladi.
10. Maqolalar plagiatga qarshi dasturda tekshiriladi .
Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Ingliz tilidagi maqolalarga ustunlik beriladi.
Maqolalar ilmiy tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlanadi. 1-ilovasiz, talablarga javob bermaydigan maqolalar chop etilmaydi va qo‘lyozma qaytarilmaydi. Taqdim etilgan ma'lumotlar va ularning ilmiy-nazariy asoslanishi va maqolaning uslubiy jihatlari uchun muallif(lar) javobgardir.