“Yuridik kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi.
Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan 2022-yil 26-sentyabr
kuni “Yuridik kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro
ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.
Konferensiyada bugungi kunda yuridik kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish sohasida uchrayotgan dolzarb muammolar va ularning yechimlariga qaratilgan chora- tadbirlar ilmiy-amaliy jihatdan muhokama etilib, unda yuqori martabali xorijiy va mahalliy ekspertlar, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar ishtirok etilishi kutilmoqda.
Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad – 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida yuridik kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar va ularning ijobiy natijasini xalqaro hamjamiyatga yetkazish, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi xalqaro tajribani o‘rganish asosida yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish va yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab olishdan iborat.
Konferensiya ishining asosiy yo‘nalishlari:
-yuridik kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi;
-yuridik fan va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolari;
-yuridik ta’limdagi innovatsiyalar: mavjud muammo va yangi imkoniyatlar;
-yuridik amaliyot va ta’limning raqamli transformasiyasi;
-sud, prokuratura va adliya organlari faoliyatining dolzarb masalalari;
-fuqarolik, oilaviy, mehnat, moliya va ekologik huquq sohasidagi jamoat munosabatlarini huquqiy tartibga solish masalalari;
-jinoyat huquqi va kriminologiyaning nazariy va amaliy muammolari;
Konferensiya materiallari to‘plami uchun maqola va tezislarni elektron shaklda
(+998339142407 telegram raqami yoki [email protected] elektron pochtasi
orqali) hamda konferensiyada ishtirok etishi belgilangan xodimlar ro‘yxatini joriy yilning 21-sentyabr kuniga qadar Markazning [email protected] elektron pochtasiga yuborish so‘raladi.