E’LON
📣 Toshkent davlat yuridik universiteti ilmiy tadqiqotchilari diqqatiga!
🔰 Boston kolleji Huquq maktabi professori Joan Blum va TDYU dotsenti v.b. Kamola Aliyeva sizni ular tomonidan o‘tkazilayotgan tadqiqot loyihasi intervyusida respondent sifatida ishtirok etishga taklif qiladilar.
✔ Mazkur tadqiqot loyihasining maqsadi TDYU ilmiy tadqiqotchilarining kasbiy hayotining sifatini o‘rganish, jumladan, tadqiqot yo‘nalishi va tadqiqot usullariga oid savollar, ularni tanlashda qaror qabul qilishga taʼsir etuvchi omillar, tadqiqotga qancha vaqt ajratilishi va ilmiy maqolalarini qayerda chop etishlari haqidagi holatni o‘rganish. Tadqiqot loyihasi haqida barcha ma’lumotlar va rozilik shakli (consent form)bilan quyidagi link orqali tanishishingiz mumkin:
O‘zbek tilida https://docs.google.com/document/d/1xJyn62N_6-5Y-E_Ok0zj_fLQojdR8e-crVtB3oYWOAc/edit?usp=sharing
Rus tilida https://docs.google.com/document/d/1adw1EANcHQrl3wDJA646NsG4uKL9H1icne8uB3APgNw/edit?usp=sharing
✔ Biz sizning ma'lumotlaringiz va tadqiqot natijalarining maxfiyligini kafolatlaymiz. Sizning javoblaringiz va fikr-mulohazalaringiz ehtiyotkorlik va hurmat bilan qabul qilinadi.
🔰 Agar siz bizning tadqiqotimizda ishtirok etishga tayyor bo'lsangiz, link orqali o‘tib, ko'rsatilgan aloqa ma'lumotlari orqali biz bilan bog'laning. Sizni ilmiy jamoamizda kutib olishdan xursand bo'lamiz!
🔰 Ilmiy tadqiqotlarga e'tiboringiz va qiziqishingiz uchun tashakkur. Birgalikda biz o'z tajribamiz sohalarida muhim yutuqlarga erisha olamiz!