April 14, 2022
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti joriy yilning 15 aprelida “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga integratsiyasi: yangi vazifalar va imkoniyatlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazmoqda.
Konferensiya mavzusining yo'nalishlari:
1. JSTga a’zo bo'lish O'zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasini chuqurlashtirish omili sifatida.
2. O'zbekistonni mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtirok etishi va uning jahon iqtisodiyotiga interatsiyalashuviga ta’siri.
3. Iqtisodiy siyosat, raqobatbardoshlik va O'zbekisonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasi: o'zaro bog'liqlik va o'zaro ta’sir.