October 24, 2022

Ilmiy- amaliy konferensiya

2022-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash vazirligi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida “Xavfsiz mahalla” tamoyilining asosiy mezonlari hamda ularga asoslangan tizimni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga to'laqonli va samarali joriy etish mexanizmlari” mavzusida ilmiy- amaliy konferensiya o'tkaziladi.

Konferensiya quyidagi sho‘balarda ish olib boradi:
1. Yangi O‘zbekistonda oila institutini rivojlantirishda “Xavfsiz mahalla” tamoyilining o‘ziga xos xususiyatlari.

2. “Xavfsiz mahalla” tamoyilini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga to‘laqonli va samarali joriy etish mexanizmlari.

3. “Xavfsiz mahalla” tizimini takomillashtirishda ichki ishlar xodimlarining faoliyat mexanizmlari.

4. “Xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etishda oilaviy qadriyatlardan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari.

Maqolalar va ishtirokchi anketasi yuboriladigan elektron manzil:
Bo‘riyeva Mahbuba +998 (97) 462-55-58 (telegramm kanali)
Maqola topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil 30-oktabr.
Talablarga javob bermaydigan maqolalar to'plamga kiritilmaydi.

Tashkiliy qo‘mita manzili:
Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Istiqlol ko‘chasi, 51-uy. “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti Telefon: + 998 (90) 925-08-69 (H.Norqulov)
web-sayt: www.moiti.uz