December 16, 2022

#yangilik

Rustambek Sayidov va Botir Boymurodovning dissertatsiyalari muhokama qilinadi

Toshkent davlat yuridik universitetida 2022-yilning 19-dekabr kuni soat 14.00 da universitet 1-o‘quv binosi Kengash xonasi (203-xona)da ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zolarining yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

• Ilmiy seminar majlisi kun tartibiga Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchilari Sayidov Rustambek Abdurasulovichning “Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringini o‘tkazishning tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusidagi yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi bo’yicha

• hamda Boymurodov Botir Panji o‘g‘lining “Norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtirokining nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha yozilgan doktorlik dissertatsiyalari muhokamasi kiritilgan.

Muhokamada quyidagi ZOOM linki orqali ham ishtirok etish mumkin: https://us02web.zoom.us/j/81200302361?pwd=Q1JMeVBXeFZiNkpSY3VEUUF1SHFQUT09