March 31, 2022

“Xalqaro huquqning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

O’tkazilish sanasi: 2022-yil 22-aprel

Konferensiya quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi: - Xalqaro ommaviy huquq muammolari: zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari.

- Xalqaro huquq fanining rivojlanishi.

- Inson huquqlarini himoya qilish masalalari.

- Jahon savdo tashkiloti huquqi va amaliyotining dolzarb masalalari.

- O’zbekiston Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligini huquqiy tartibga solish.

Konferensiya mavzusiga oid maqola va tezislarga qo’yilgan talablar:
Matn hajmi — kamida 5 betdan 7 betgacha, A-4 hajmdagi qog’ozga, matn shakli Microsoft Word, yozuv shrifti - Times New Roman, harflar hajmi 14 kegl, satrlar oralig’i 1,5 intervalda.
Yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 1,5 sm, o’ngdan 1,5 sm; Yuqoridan bosh harflar bilan maqola mavzusi yoziladi, bir intervaldan so’ng muallifning familiyasi, ism-sharifi, ish joyi (oliy o’quv yurti, ilmiy tadqiqot muassasasi) nomi va lavozimi, shuningdek bog’lanish uchun telefon raqami yoziladi, bir intervaldan so’ng matn keltiriladi; Tezisni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar har bir sahifa ostida havola (snoska) tarzida
beriladi.
Internet-resurslardan (Google Tarjimon va boshqalar) foydalanilgan izohlarning tarjimalari lingvistik va semantik jihatdan to’g’riligi uchun albatta tahrir qilinishi kerak.
Barcha taqdim etilgan materiallar Antiplagiat dasturi yordamida sinovdan o’tkaziladi (originallik — 70% dan kam emas).
Maqolalarni topshirishning oxirgi muddati 2022-yil 10-aprel Bitta muallif nashrga 2 tadan ko’p bo’lmagan maqola taqdim etishi mumkin.

Murojaat uchun: maqola matnini [email protected] manziliga Konferensiya_XH belgisi bilan muallifning familiyasi (Azizov II_maq.doc) ko’rsatilgan holda yuborishingizni so'raymiz.