May 6, 2022

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OILA KODEKSI - MUSTAHKAM OILA TAYANCHI

"OZBEKISTON RESPUBLIKASINING OILA KODEKSI - MUSTAHKAM OILA TAYANCHI" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tadi

Konferensiyada ishtirok etish uchun vazirlik va idoralar vakillari, oliy ta’lim muassasalarining rahbarlari va professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar, shuningdek ilmiy va amaliy xodimlar taklif etiladi.


Konferensiya 2022 yil 12 may kuni soat 11:00 da offlayn va onlayn formatlarda (zoom platformasidan foydalangan holda) o'tkaziladi. Konferensiya identifikatori va parolidan iborat elektron xat ishtirokchilarga yuboriladi.


Konferensiyaning ishchi tili: o‘zbek tili.
Konferensiyada ishtirok etish uchun buyurtma va chiqishlar mavzulari hamda ma’ruza va axborotlaming elektron versiyalarini 2022 yil 12 may kuniga qadar
[email protected]. elektron manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
Buyurtma va materiallar qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiq xati Tashkiliy qo‘mita tomonidan yuboriladi.

Ilmiy maqolaning tarkibi quyidagilardan iborat bo’lishi shart:
1.1. Tadqiqotning dolzarbligi, mavzu doirasida mavjud muammolar.
1.2. Muammoni hal qilish yo‘llari.
1.3. Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar

Bog‘lanish uchun manzil: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 100197, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Intizor ko‘chasi 68, Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Mahmudxodjayeva Umida Muminovna (+998911409357).