March 1, 2023

II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida “inScience” kompaniyasi bilan
hamkorlikda 2023-yil 5-aprel kuni “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiyada muhokama qilinadigan mavzular yo‘nalishlari:
1-seksiya. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida moliya bozorining dolzarb muammolari va uni tartibga solishning metodologik asoslari.
2-seksiya. Moliya-bank tizimini takomillashtirish orqali milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish imkoniyatlari.
3-seksiya. Aholming moliyaviy savodxonligini oshirish - aholi turmush darajasini oshirish va hududlarni iqtisodiy rivojlantirish omili.
4-seksiya. Moliyaviy texnologiyalar sohalari moliya bozorining kelajak lokomotivi sifatida.
5-seksiya. Islom moliyasi, xulq-atvor moliyasi va moliya bozoriga oid boshqa yangi yondashuvlar.

Mazkur konferensiyada ishtirok etishni xohlagan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar 2023-yil 25-mart sanasiga qadar ilmiy maqola va tezislarni yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etishlari mumkin.

Konferensiya to‘plamiga kiritilgan va nashr qilingan har bir tezis Google Scholar bazasida indekslanadi.

Maqola va tezislar elektron shaklda +998905655043 (@IMI_off) telegramm manzili yoki [email protected] elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Taqdim etilgan tezislar mazmuni belgilangan talablarga mos kelgan taqdirda konferensiya to‘plamiga kiritiladi va ITM rasmiy saytida (www.cedr.uz) e'lon qilinadi.