March 28, 2022

“Amir Temurning jahon harbiy san’ati rivojiga qo’shgan hissasi” mavzusida xalqaro harbiy - ilmiy (onlayn) konferensiya bo'lib o'tadi.

Ushbu konferensiyada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining vakillari, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyukbritaniya, Germaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Pokiston, Polsha, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Fransiya, Xitoy Xalq Respublikasi va Hindiston Respublikasi kabi davlatlardan mutaxassis (olim)larning ishtirok etishi nazarda tutilgan.

Konferensiyada quyidagi sho‘balar bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar qabul qilinadi:
1. “Amir Temurning sarkardalik faoliyati jahon tarixchilari nigohida”.
2. “Buyuk sarkardaning harbiy iste’dodi: milliy harbiy meros va davlat boshqaruvi misolida”.
3. “Amir Temurning jang san’ati: starategiyasi va taktikasi”.
4. “Amir Temurning harbiy san’atini jahon miqyosida tanilishi: joriy holat va istiqbol”.
5. “Amir Temur davrida qo‘shinlar jangovar ruhi va axloqiy-ruhiy ta’minoti: o‘tmish va Qurolli Kuchlarda tadbiq etish istiqbollari”.

Maqolalarning yozma va elektron shakllari (Times New Roman, 14 shrift, 1,5 interval, 3-5 betdan ko‘p bo‘lmagan hajmda, muallifning familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi, egallab turgan lavozimi, telefon raqami va elektron manzili ko‘rsatilgan holda) rasmiy yo‘llanma xati bilan 2022-yilning 30-mart kuniga qadar konferensiya tashkiliy qo‘mitasiga yuborishingizni so‘raymiz.

Konferensiyaning rasmiy tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.

Anjuman tashkiliy qo‘mitasi: 71 289-97-18 (ichki tel.: 10-40) podpolkovnik R. Gilyajdinov.