Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi qabul qilindi.
Shunga ko‘ra, yangi tahrirdagi mehnat kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlanib, Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali Taraqqiyot strategiyasi markazi bilan hamkorlikda 2022-yilning 24-noyabr kuni “Mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solishda yangi tendensiyalar: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mazkur konferensiyada yangi tahrirdagi mehnat kodeksining mazmun-mohiyatini huquqni qo‘llovchilarga tushuntirish, uning ijrosini ta’minlash masalalari to‘g‘risidagi milliy va xorijiy mutaxassislarning ma’ruzalari tinglanadi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ishtirokchilarining ma’ruzalari, ilmiy jamoatchilik tomonidan taqdim etilgan maqola va tezislar to‘plam shaklida nashr etiladi.
Maqola va tezislar to‘plamiga ishtirokchilarning ilmiy maqola va tezislari
2022-yilning 30-noyabr kuniga qadar [email protected]elektron pochta manzili orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, amaliyotchilar, advokatlar, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrantlar huquq sohalari va tarmoqlari bo’yicha yozilgan maqola va tezislarni topshirishlari mumkin.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ishtirokchilariga eslatma:
- xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plamiga maqola va tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi;
- xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plamiga yuborilgan maqola va tezislar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va tahrirdan o‘tmagan, talablar bo‘yicha yuborilmagan maqolalar nashr etilmaydi;
- xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plam (elektron) ko‘rinishida chop etiladi;