April 14, 2022

⚡️📢🌏 “Global oʻzgarishlar sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning istiqbollari” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtadi ⚡️📢🌏

Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutida 2022-yil 29-aprel kuni soat 15:00da “Global oʻzgarishlar sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning istiqbollari” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtadi.
Konferensiyada ishtirok etish uchun OTM talabalari (magistratura va bakalariat bosqichi talabalari hamda kursantlar) taklif etiladi. Konferensiya yakuni boʻyicha tezislar toʻplamini tayyorlash hamda www.uzbi.uz saytida eʼlon qilish rejalashtirilgan.

Konferensiya quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:

1. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning nazariy-huquqiy asoslarini rivojlantirish istiqbollari.

2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlanish jarayonida bojxona maʼmurchiligini takomillashtirish istiqbollari.

3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning tutgan oʻrni.

4. Tashqi iqtisodiy faoliyatni iqtisodiy va moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishlari.

Tezislar 2022-yilning 23-apreliga qadar qabul qilinadi.Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan, anjuman mavzusiga va belgilangan talablarga mos kelmagan tezislar qabul qilmaydi.

Konferensiya ishtirokchisining anketasi quyidagicha toʻldiriladi va taqdim etiladi:

Konferensiya ishtirokchisining anketasi

F.I.Sh. –
OTM nomi –
Taʼlim bosqichi (magistratura/bakalavriat), yoʻnalishi/mutaxassisligi –
E-mail va telefon raqami –
Mavzu –

Konferensiyani oʻtkazishga masʼul tarkibiy tuzilma: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona instituti Bojxona tartibga solinishi va bojxona toʻlovlari kafedrasi.

Manzil: Toshkent shahri, Qozirobod 2-tor koʻchasi 118, indeks 100071. Telefonlar: +99871 202-99-90 (ichki: 4239, 4240), mob. +99897 3941024.