Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
2023 yil 26-aprel kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasida sud va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot konsorsiumi doirasida “Yuridik fan va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʼlib oʼtadi.
Mazkur ilmiy-amaliy konferensiyada mamlakatimizdagi yuridik oliy oʼquv yurtlarining yetakchi olimlari, professor-oʼqituvchilari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar, yuridik fan va amaliyotning yetakchi mutaxassislari qatnashishi kutilmoqda.
Konferensiya yakuni boʼyicha “Yuridik fan va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolari” mavzusida maqolalar toʼplami nashr etilishi koʼzda tutilgan, unda ishtirok etish uchun ilmiy maqola va tezislarni joriy yilning 15-apreliga qadar (tel.: +998944223355) elektron shaklda yuborilishi soʼraladi.